Artur Adson (1889-yil 3-fevral (22 yanvar), Sänna, Rossiya imperiyasi – 1977-yil 5-yanvar, Stokgolm, Shvetsiya) – estoniyalik shoir, yozuvchi va teatr tanqidchisiDon Rubin, Peter Nagy, Philippe Rouyer, World Encyclopedia of Contemporary Theatre: Europe, Taylor & Francis, 1995, , p248.

Hayoti Artur Adson (tugʻilganidagi ismi Karl Artur Adson) 1889-yil 3-fevralda (baʼzi maʼlumotlarda 22-yanvar) Rossiya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Sänna shahrida tugʻilgan. U Tartu, Sänna va Võru shaharlaridagi maktablarda oʻqigan. Maktabni tugatgandan soʻng Pskovda geodeziya boʻyicha tahsil olgan. 1925—1926-yillar davomida Tartu universitetining adabiyot fakultetida tahsil olgan. Artur Adson Estoniya va Rossiyada tadqiqotchi, jurnalist hamda teatr tanqidchisi boʻlib ishlagan. U boʻlajak rafiqasi Marie Under bilan 1913-yilda tanishgan va ular 1927-yilda turmush qurishgan.

Adabiyotdagi faoliyati

1917-yilda Artur Adson eston adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan Siuru adabiy harakatining aʼzosiga aylangan. Keyinchalik Adson Tarapita harakatida ham faol ishtirok etgan. Bundan tashqari, u janubiy Estoniyaning voro tilida ijod qiladigan eng koʻzga koʻringan shoirlaridan biri boʻlgan. Artur teatr tanqidchisi va adabiyotshunos sifatida Estoniya Respublikasining madaniy merosiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Adson tarjimonlik bilan ham shugʻullangan. U „Doctor Zhivago“ asarini eston tiliga tarjima qilgan.

Surgun qilinishi

Sovet Ittifoqi Estoniyani bosib olishi bilan Artur Adson va uning rafiqasi Shvetsiyaga surgun qilingan. Artur u yerda arxivchi sifatida ishga joylashgan. Ularning ikkalasi ham eston adabiyotiga hissa qoʻshishni Shvetsiyada ham davom ettirgan. U Stokgolm shahrida 87 yoshida vafot etgan. Artur Adson ham, rafiqasi Marie Under ham Stokgolmdagi Skogskyrkogården qabristoniga dafn etilgan.

Sheʼriy toʻplamlari Henge palangoq (1917) Vana laterna (1919) Roosikrants (1920) Kaduvik (1927) Katai, kibuvits nink kivi (1928) Pärlijõgi (1931) Lehekülg ajaraamatust (1937) Värsivakk (1959) Rahumäe kannel (1973) Luuletused (1990)

Pyesalari Toomapäev (1928) Neli kuningat (1931) Lauluisa ja Kirjaneitsi (1930) Kolmas tee (1932) Iluduskuninganna (1933) Elav kapital (1934) Karu läheb mee lõksu (1936) Üks tuvi lendab merele (1937)

Xotiralari Käsikivi (1922) Neli veskit (1946) Väikelinna moosekant (1946) Ise idas – silmad läänes (1948) Siuru-raamat (1949) Reisiraamat (1950) Lahkumine (1951) Kadunud maailm (1954)

Bolalar uchun yozgan kitobi Nakits: lugu väikesest lõbusast ja targast koerast (1944)

Manbalar

Havolalar Artur Adson at Estonian Writers' Online Dictionary

Turkum:3-fevralda tugʻilganlar Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:5-yanvarda vafot etganlar Turkum:1977-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar