Muhammad ibn Maslama al-Ansoriy (; 588 yoki 591-yilda tugʻilib, 663 yoki 666-yilda vafot etgan) — Islom paygʻambari Muhammadning sahobalaridan. U „Paygʻambarning sarkardasi“ nomi bilanMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers., shuningdek, Abu Abdulloh yoki Abu Abdurahmon kunyasi bilan mashhur boʻlgan. Ibn Maslama Muhammad va uning izdoshlari Madinaga hijrat qilishlaridan oldin Islomni qabul qilgan. U Tabuk gʻazotidan boshqa barcha janglarning guvohi boʻlgan, Tabuk gʻazoti vaqtida esa Madina valiyi oʻrinbosari etib tayinlangan.
Rashidun xalifaligi davrida Ibn Maslama Zubayr ibn Avvom boshchiligidagi musulmonlarning Misrni zabt etishida ishtirok etgan. Xalifa Umar hukmronligining qolgan davrida esa Umarning shaxsiy vakili sifatida valiylar faoliyatini nazorat qilish uchun mas’ul shaxs etib tayinlangan.
Biografiyasi Muhammad ibn Maslama taxminan 588 yoki 591-yilda Madinadagi Banu Avs qabilasida tugʻilganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Morony, M. G. (1987). Volume 18: Between Civil Wars: The Caliphate of Mu’awiyah. Albany: State University of New York Press.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Ibn Osirning „Usd al-gʻoba“, asarida Ibn Saʼdning „Tabaqat al-kabir“ asarida taʼkidlanishicha, uning toʻliq nisbasi Muhammad ibn Maslama ibn Xolid ibn Adiy ibn Majdaʼa ibn Horis al-Xazraj ibn Amr ibn Malik al-Avsiy boʻlgan. Zahabiy tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra ushbu nisba biroz boshqacharoq va qisqaroq koʻrinishda, yaʼni Muhammad ibn Maslama ibn Salama ibn Xolid bin Adiy ibn Majdaʼa ibn Abu Said al-Avsiy boʻlgan. Muhammadning onasi Saida qabilasidan Ummu Sahm Hulayda binti Abu Ubayda hisoblanadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Muhammad boshchiligidagi yurishlardagi ishtiroki thumb|280x280px| Musulmonlarning Madinaga hijrat qilishlari, Burtonning „Haj“ tasviri Ibn Maslama Musʼab ibn Umayr qoʻlida oʻzining Banu Avsdan boʻlgan qabiladoshlari Saʼd ibn Mu’oz va Usayd ibn Huzayr bilan birga paygʻambar Muhammad va Makka musulmonlari Madinaga hijrat qilishidan 621–622-yillarida Islomni qabul qilgan. Makkaliklar Madinaga kelganlaridan soʻng, Muhammad shahar aholisiga zudlik bilan ular bilan birodarlik rishtalarini bogʻlashni buyurganida Ibn Maslama Abu Ubayda ibn Jarroh bilan birodar tutinadi.
Makka musulmonlari kelganidan keyin Ibn Maslama turli xil harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Ular orasidagi eng shiddatli janglardan biri 624-yilning mart oyida Badr jangida boʻlib oʻtgan. Keyinchalik, aprel oyida musulmonlar Banu Qaynuqo qabilasini magʻlub etgach, Ibn Maslama ularning Madinadan quvib chiqarilishi va ularga tegishli mol-mulkni tortib olishni nazorat qiladi. Xuddi shu yilning taxminan sentyabr oyida Muhammad ibn Maslama qarindoshlari va ittifoqdosh Banu Avs qabilasi bilan birga tuhmatli sheʼrlar oʻqiydigan yahudiy shoir Kaʼb ibn al-Ashrafni oʻldirish uchun yuboriladi. Kaʼb paygʻambar Muhammad, shuningdek, musulmon ayollar haqida ularni qoralovchi ruhdagi sheʼrlar yozgan.
625-yil aprel oyida musulmonlar Abu Sufyon ibn Harb qoʻl ostida Qurayshga qarshi Uhud jangida qatnashadilar. Jangdan oldin tunda qarorgohni qoʻriqlash vazifasi ellik nafar askarlar zimmasiga yuklanadi, ularga bosh qilib esa Ibn Maslama tayinlanadiMuir, W. (1912).The Life of Mohammad from Original Sources, 4th Ed., pp. 256-267. Edinburgh: John Grant.. Ushbu jangda Xolid ibn Valid kutilmaganda yon qanotdan hujum qiladi, buning natijasida musulmonlar katta talofat koʻradilar. Koʻpchilik musulmon askarlari orqaga chekinishadi, Ibn Maslama esa shunday ogʻir damda Muhammadning yonida turgan kam sonli askarlardan biri bo'ladiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Keyinchalik, 625-yilning avgust oyida Ibn Maslama tomonidan yahudiylarning Banu Nodir qabilasiga Muhammad ularni shahardan quvib chiqarmoqchi ekanligi haqidagi xabar yetkaziladi. Ibn Maslamaning bu xatti-harakati Banu Nodir qabilasi vakillarini hayratga soladi, chunki ular Banu Avs qabilasining ularga qarshi bunday tahdidli harakatni amalga oshirishlariga jur’at eta olishmaydi deb oʻylaydilarWaqidi, Muhammad ibn Umar (2011). The Life of Muḥammad: Al-Wāqidī's Kitāb Al-maghāzī. Translated by Rizwi Faizer; Amal Ismail; Abdulkader Tayob. Routledge. ISBN 9780415574341. Retrieved 27 November 2021.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by McDonald, M. V. (1987). Volume 7: The Foundation of the Community. Albany: State University of New York Press.. Keyinchalik, Banu Nodir qabilasi Muhammadga taslim boʻlib, Madinadan haydalayotgan vaqtda ularning shaharni tark etishlari hamda musodara qilingan barcha mol-mulki va qurol-yarogʻlarini yigʻib olish ishlarini ham aynan Muhammad ibn Maslamaga topshiriladi.
626-yilning avgust–sentyabr oylarida, Ibn Maslama Dumat al-Jandal gʻazotida ishtirok etadiWaqidi, Muhammad ibn Umar (2011). The Life of Muḥammad: Al-Wāqidī's Kitāb Al-maghāzī. Translated by Rizwi Faizer; Amal Ismail; Abdulkader Tayob. Routledge. ISBN 9780415574341. Retrieved 27 November 2021.. Ushbu gʻazotda Ibn Maslama bir kishini asirga oladi, keyinchalik asirga olingan shaxs Markaziy Arabistonning Najd shahrida istiqomat qiluvchi Banu Hanifa qabilasi boshligʻi Tumama ibn Utal ismli muhim arab boʻlib chiqadi. So'ngra Muhammad Tumamani hech qanday toʻlovsiz ozod qiladi, bundan taʼsirlangan Tumama esa Islomni qabul qiladi va Banu Hanifa tarafdorlarini ham ushbu dinga e'tiqod qilishga undaydi. Tumama ibn Utalning Islom dinini qabul qilishi Madina aholisiga ikki sababga koʻra muhim siyosiy taʼsir koʻrsatadi:
Banu Hanifa qabilasi Markaziy Arabistondagi qishloq xoʻjaligi sohasida rivoj topgan va Arab choʻlidagi koʻplab qabilalar uchun muhim hisoblangan bugʻdoy yetkazib beruvchi qabilalardan biri edi. Ushbu qabila vakillari Islomni qabul qilganidan soʻng, Tumama Makkada Qurayshga boykot eʼlon qiladi, bu esa Qurayshning madinalik musulmonlarga nisbatan bosqinchiliklarini maʼlum darajada toʻxtatilishiga sabab boʻladiAl-Mishri, Mahmud; Karimi, Izzudin; Syuaeb al-Faiz, Mohammad (2010). „Tsumamah bin utsal“. Sahabat-sahabat Rasulullah (in Malay). Pustaka Ibnu Katsir. ISBN 9789791294393. Retrieved 28 November 2021.
Khalid Zeed Abdullah Basalamah (2019). Kisah Sahabat Nabi ﷺ Ke-44: Tsumamah bin Utsal „Pemimpin Suku Hanifah“; Commentary review of Sahabat-sahabat Rasulullah book (in Indonesian and Arabic). Jakarta, Java Island.. Keyinchalik Abu Bakr Siddiq Rashidun xalifaligi davridagi murtadlar qoʻzgʻolonlari paytida Banu Hanifaning Tumama boʻlimi shu qabilaning Musaylama firqasidan voz kechadi va buning oʻrniga xalifalikka yordam berishni boshlaydi. Buning natijasida Tumama boʻlimi ahli Islomni qabul qiladi va Yamoma jangida xalifalik tomonidan kurash olib borayotgan Xolid ibn Valid qoʻl ostidagi askarlar boʻlinmasiga yetarlicha jangchilarni yetkazib turadi.
Ibn Maslama ishtirok etgan navbatdagi yirik jang 627-yilning bahorida boʻlib oʻtgan Xandaq jangi hisoblanib, unda Quraysh, Gʻatafon va boshqa 10 000 kishidan iborat kichik qabilalar koalitsiyalari Madinani qamal qiladi. Muhammad ibn Maslama esa tunda paygʻambar Muhammadning chodirida qorovul boʻlib turadiWaqidi, Muhammad ibn Umar (2011). The Life of Muḥammad: Al-Wāqidī's Kitāb Al-maghāzī. Translated by Rizwi Faizer; Amal Ismail; Abdulkader Tayob. Routledge. ISBN 9780415574341. Retrieved 27 November 2021.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Keyinchalik Madinani qamal qilgan askarlar ortga chekinishadi, ertasi kuni Ibn Maslama Madinadagi boshqa bir yahudiy qabilasiga, yaʼni xiyonatkor Banu Qurayzaga qarshi qamalda, Xandaq jangida koalitsiya qoʻshinlari tarkibidan jangga kiradi. Banu Qurayza qabilasi taslim etilgach, Ibn Maslama mahbuslarning bilaklarini bogʻlab qoʻyadi. Unga qatl qilinishi kerak boʻlgan yahudiy qabilasi asirlarini qoʻriqlash vazifasi yuklanadi. Amr ibn Suda ismli bir yahudiy tunda soqchilardan yashirinib oʻtib, Madinadan qochib ketishga muvaffaq boʻladi. Ibn Maslama Muhammadga ushbu asir Banu Qurayza qabilasining Madinaga qarshi harakatlarida ishtirok etmagani sababli uning qochishiga ataylab ruxsat berganini aytadi. Muhammad bu voqeaga nisbatan, Amrni sodiqligi tufayli Alloh uni qutqarib qolganligini aytadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.. Keyinchalik Banu Qurayza qabilasidan olingan asirlar sotilayotgan vaqtda Ibn Maslama ular orasidan bir ayol va uning ikki oʻgʻlini 45 dinorga sotib oladi. Ushbu tangalar Ibn Maslamaga urushdan olingan o'ljaning ma'lum bir qismi sifatida mukofot qilib berilgan edi, chunki fiqh hukmiga koʻra jangda ishtirok etgan otliq askarlarga piyodalardan kattaroq oʻlja olishga ruxsat berilgan, Ibn Maslama ham ushbu qamalda otliq askarlar safida jang qilgan edi.
Ibn Maslama 627-yilning iyun oyida al-Qurotaga qarshi bosqinda 30 nafar otliq askarlariga boshchilik qilgan. Ular kechasi yurish qilib, kunduzi yashiringan holda harakatlanishgan. Al-Sharaba hududida ular Kilob qabilasining Bakr urugʻiga hujum uyushtirib, ulardan oʻn nafarini oʻldirishadi. Soʻngra chorva mollari, 150 ta tuya va 3000 ta qoʻyni Madinaga haydab ketadilarMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Waqidi, Muhammad ibn Umar (2011). The Life of Muḥammad: Al-Wāqidī's Kitāb Al-maghāzī. Translated by Rizwi Faizer; Amal Ismail; Abdulkader Tayob. Routledge. ISBN 9780415574341. Retrieved 27 November 2021.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Keyingi oyda Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi oʻn kishilik boʻlinmani Zul-Qassadagi Gʻatafon hududiga yuboradi. Ibn Maslama va uning odamlari tunda uxlab yotishgan bir vaqtda dushman vakillari pistirmadan hujumga oʻtishadi. Raqib tomon askarlari musulmonlarga qarshi oʻq otishni boshlaganlarida, birinchi boʻlib Ibn Maslama uygʻonib ketadi va oʻz yigitlarini himoyaga chaqiradi. Badaviylar nayzalarni uloqtirib, raqibning uch nafar askarlarini oʻldirishadi, keyin pistirmachilar yana yetti nafar kishini oʻldirishadi. Musulmonlardan Ibn Maslama dushman hujumidan omon qolishga va qochib qutulishga muvaffaq boʻlganiga qaramay, toʻpigʻi bilan yiqilib, jarohat oladi. Keyinroq bir musulmon Maslama yotgan yerdan oʻtayotgan vaqtda uni tirik topgach, unga ovqat va suv berib, Madinaga olib ketadiMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press.. Shuningdek, Ibn Maslama 628-yilning yanvarida boʻlib oʻtgan Muraysi gʻazotida ham ishtirok etadi.