thumb| 2016-yilda Beisteiner (chapda) Edoardo Brencidan Teatro della Concordia mukofotini qabul qilib olmoqda thumb| Budapesht simfonik orkestridagi Beisteiner, 2009-yil Johanna Beisteiner (; 1976-yil 20 -fevral, Wiener Neustadt, Avstriya) — avstriyalik klassik gitarachiJohanna Beisteiner, Konzertgitarristin .
Biografiyasi Johanna Beisteiner 9 yoshidan boshlab, Wiener Neustadtdagi Jozef Mattias Xauer nomidagi musiqa maktabida tahsil ola boshlagan. 1992-yilda Johanna Beisteiner Vena musiqa va ijro sanʼati universitetiga oʻqishga kiradi va universitetnii gitara yoʻnalishi boʻyicha tamomlaydi. Bundan tashqari, Beisteiner musiqashunoslikni oʻrgangan va 2005-yilda „Figurali uchish, sinxron suzish va badiiy gimnastikada klassik musiqa“ () mavzusida doktorik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Beisteiner uygʻonish davridan to hozirgi kungacha boʻlgan oʻzining keng repertuariga ega. Xususan, kompozitorlar Róbert Gulya, Reuben Pace va Eduard Shafransky asarlarining jahon premyeralarini ijro etganМировые премьеры на сайте Иоганны Байштайнер, (по-русски). Gitarachi oʻz asarlarini ham yaratgan. Beisteiner Sochi simfonik orkestri, Malta filarmonik orkestri, Vengriya radio simfonik orkestri, Grats kamer filarmoniyasi, Budapesht torli kamer orkestri, dirijyorlar Oleg Soldatov, Michelle Castelletti, Béla Drahos va boshqalar bilan hamkorlik qilgan.
2017-yilda Beisteiner xalqaro Valletta barokko musiqa festivaliga Manoel teatrida, shuningdek, Malta Milliy kutubxonasida konsert berish uchun taklif qilinadi.
Johanna Beisteinerning gitarasi madridlik usta Paulino Bernabe Senior tomonidan yasalgan. Mukofot va faxriy unvonlari 2008-yil: Konkordiya teatrining 200 yilligi billur mukofoti, (Monte Castello di Vibio, Italiya)Bicentenario del Teatro della Concordia. Programma prazdnovaniya dvuxsotletiya osnovaniya Teatra Konkordia/Teatro della Concordia. aprel 2008 g., (po-italyanski), 2011-yil: Berlin, Germaniyadagi Hohenschönhausen qal’asi jamiyatining faxriy aʼzosi, 2016-yil: Minkus Don Kixot baleti mavzusidagi Fantaziya asari uchun Teatro della Concordia mukofoti bilan mukofotlanganНаград Театрa делла Конкордия для гитаристки. Симоне Мацци, 20-09-2016, по-итальянски..
Diskografiyasi Kompakt disklar Dance Fantasy (2001) Salon (2002) Between present and past (2004) Virtuosi italiani della chitarra romantica (2007) Austrian Rhapsody (2012) Don Quijote (2016) DVD Live in Budapest (2010) Badiiy filmlar uchun musiqa Truce / Sulh (AQSh 2004, rejissyor: Metyu Markoni) S. O.S Love! /S. O. S. Sevgi! (Vengriya 2007, rejissyor: Tamaş Szas) Manbalar
Turkum:20-fevralda tugʻilganlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar