Anila Denaj (1973-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) – alban siyosatchisi, 2019-yil yanvaridan 2021-yil sentyabrgacha, faoliyatini toʻxtatgunga qadar mamlakat Moliya va iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yil sentyabrdan buyon Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.

Hayot yoʻli va taʼlimi Anila Denaj Tiranada tugʻilgan va 1995-yilda Tirana universitetini moliya va bank boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha tahsilini yakunlagan. Xususiy bank sektorida ham, davlat sektorida ham uzoq yillik ish tajribasiga ega. Uning 28 yillik tajribasi xalqaro konsalting sohasidagi katta davrni oʻz ichiga oladi.

Anila Denajning bir nafar oʻgʻli bor. Uning ismi Aleksandër Kume.

Ish faoliyati Anila Denaj El Salvador, Boliviya, Ekvador, Ruminiya va Mozambikdagi ProCredit Bank tashkilotining filiallarida ishlagan. 2013-yil oktyabr oyida u Albaniya Moliya vazirligining bosh direktori lavozimiga tayinlangan. 2014-yildan buyon Davlat boshqaruvi maktabida xodimlarni boshqarish boʻyicha maʼruzalar oʻqib kelmoqda.

Anila Denaj 2018-yil oktyabr oyida Albaniyaning sogʻliqni saqlash xavfsizligi jamgʻarmasi bosh direktori etib tayinlangan. Oradan uch oy oʻtgach, Arben Axmetaj oʻrniga Bosh vazir Edi Rama tomonidan vazirlar mahkamasidagi oʻzgarishlarga koʻra Moliya va Iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan. 2020-yilda Anila Denaj mamlakat iqtisodiyotini 2019-yildagi Albaniya sodir boʻlgan zilzila va COVID-19 pandemiyasining „ikkita ogʻir zarba“ laridan tiklashga yordam berishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amaliyotga kiritgan.

Hukumatdagi faoliyatidan tashqari, Anila Denaj Jahon banki guruhining (WBG) gender va rivojlanish boʻyicha maslahat kengashi aʼzosi hamdirWorld Bank Advisory Council on Gender and Development World Bank Group..

2021-yil 25-aprelda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, Anila Denaj Albaniya Sotsialistik partiyasidan Albaniya Xalq Assambleyasi deputati etib saylangan.

Anila Denaj Davlat boshqaruvi maktabi (ASPA) bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqasiga ega va Yevropa Ittifoqi tomonidan Liderlik dasturida sertifikatlangan trenerlardan biri hisoblanadi. Hozirda Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) boʻyicha quyi qoʻmita raisi sifatida, Bostondagi MIT Professional Education taʼlim institutida „Aylanma iqtisodiyot. Barqaror rivojlanishga oʻtish“ mavzusidagi ishini yakunlagan.

Boshqa faoliyatlari

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Boshqaruvchilar kengashining rasmiy aʼzosi (2019—2021)Board of Governors European Bank for Reconstruction and Development (EBRD). Jahon banki, Boshqaruvchilar kengashining rasmiy aʼzosi (2019—2021)Board of Governors World Bank.

Manbalar

Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tirana universiteti bitiruvchilari Turkum:Albaniyadagi siyosiy mansab egalari Turkum:Albaniyadagi moliya vazirlari Turkum:Ayol moliya vazirlari