thumb|300x300px|Transsib sxemasi: tarixiy yoʻnalish, shimoliy yoʻnalish, Baykal-Amur magistral liniyasi, Sibirdagi janubiy yoʻnalish oraligʻi
Ufa temir yoʻl stansiyasi — Markaziy Ufa temir yoʻl terminali boʻlib, Ufaning Sovetskiy tumanidagi Trans-Sibir temir yoʻlining tarixiy yoʻnalishida joylashgan.
Boshqaruv nuqtai nazaridan, stansiya Kuybishev temir yoʻlining Boshqird viloyati tasarrufiga kiradi.
Tarixi Ufa vokzalining tarixi Samara-Ufa temir yoʻli qurilishi bilan bogʻliq. Samara-Ufa temir yoʻlining qurilish ishlari 1885-yilda boshlanib, 1888-yilda Ufa shahrida yakunlangan. 1888-yilda stansiya temir yoʻlning soʻnggi manzili sifatida faoliyat boshlagan[iqtibos kerak].
1890-yilda Ufa-Zlatoust boʻlimi qurilgan. 1892-yilda esa Zlatoust-Chelyabinsk boʻlimi faoliyat boshlagan. Sibir temir yoʻlida va Yekaterinburg — Chelyabinsk shoxobchasida (1896) Peterburg-Vologda-Vyatka temir yoʻlining ochilishigacha (1906) stansiya Rossiya va Yevropani Ural, Sibir va Uzoq Sharq bilan bogʻlaydigan yagona temir yoʻl liniyasida joylashgan ediYu. Menchik. Vstrecha epox. Kuybishevskaya magistral obʼedinila v sebe 17 predshestvennits / Statya v № 39 (11372) ot 05-11.10.2012 g. gazeti „Kuybishevskiy jeleznodorojnik“ (S. 13)..
Ufa temir yoʻl stansiyasining joylashgan hududi 1885-yilda belgilangan va uning eklektik uslubdagi birinchi binosi 1888-yildan 1967-yilgacha boʻlgan davrda, meʼmor F. F. Essen tomonidan bunyod etilgan.
Ufa vokzalining zamonaviy binosi 1968-yilda qurib bitkazilgan, loyiha muallifi K. Gottlib edi.
Harakatlanish 2012-yilda 239 kishi ish bilan taʼminlangan. Yoʻlovchi tashish hajmi kuniga 50 juft shaharlararo yoʻlovchi poyezdlarini (shu jumladan, 10 tasi Kuybishev temir yoʻlining Boshqird viloyati tarkibidan) va 19 juft shaharlararo poyezdlarni tashkil etgan. 1,7 million yoʻlovchi shu yoʻnalish boʻyicha qatnagan, shundan 1,0 millioni shaharlararo poyezdlarda joʻnab ketgan.
Rekonstruksiya ishlari Stansiyani rekonstruksiya qilish 2004-yilda boshlangan. 2005-2006-yillardan buyon vokzal ikki bosqichda rekonstruksiya qilingan. Qayta qurish davomida koʻplab moliyaviy janjallar kelib chiqishi oqibatida ish jarayonida qayta-qayta toʻxtalishlar yuz bergan. Temir yoʻl stansiyasini qayta qurish loyihasining keyingi qismi 2006-yil may oyida boshlangan. Yangilangan stansiyaning birinchi qismi 2008-yil 17-dekabrda ochilgan.
Stansiyani rekonstruksiya qilishning birinchi bosqichi 2020-yil 1-iyungacha, ikkinchi bosqichi 2022-yilgacha yakunlanishi kerak edi. 2022-yilda stansiyani rekonstruksiya qilish loyihasi ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan.
Qatnovlar Har kuni stansiyadan 40 dan ortiq shaharlararo poyezdlar va 50 ga yaqin shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Transport
№ 101 Ufa temir yoʻl vokzali → Ufa xalqaro aeroporti № 3 Dzerjinskiy koʻchasi → Belorechenskiy mahallasi № 74 Dzerjinskiy koʻchasi→ Ufimskiy DOK (Inors mahallasi) № 214 Dzerjinskiy koʻchasi → Milovskiy bogʻi (Zaton mahallasi) № 230 Dzerjinskiy koʻchasi → Kashkadan bogʻi (Sipaylovo mahallasi) № 239 Ufa bekati→Shimoliy avtovokzal № 251 Ufa bekati→ Kashkadan bogʻi (Sipaylovo mahallasi)
Galereya
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ufada transport tizimi Turkum:Boshqirdistondagi temir yoʻl stansiyalari