right|thumb|Borjgali belgisi Borjgali (; shuningdek, Borjgala yoki Borjgalo; Laz tilidagi Borçgali) — Gruziyada Quyosh va abadiyat ramziEvolving Virtual and Computational Paleontology. (2020). (n.p.): Frontiers Media SA. p.131 : „seven-rayed symbol of sun and eternity typical of Georgia“ Mikaberidze, A. (2015). Historical Dictionary of Georgia. United Kingdom: Rowman & Littlefield Publishers. p.204. Borjgali koʻpincha hayot daraxti ustidagi yettita aylanib turuvchi qanotchalar bilan ifodalanadi. Ular turli shakllar va oʻzgarishlarni yaratish uchun qoʻllanilinishi mumkin. Mazkur belgi Gruziya madaniyatining asosiy ramzi sifatida ham eʼtirof etiladi.
Etimologiyasi Borjgali atamasi Megrelian tilidan olingan boʻlib, (barchxali) soʻzidan kelib chiqqan, deb hisoblaniladi. Mazkur jumla soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „kuchli porlash“ degan maʼnoni anglatadi. Boshqa baʼzi olimlar esa bu belgining turli xil kelib chiqishi haqidagi versiyalar mavjudligiga ishonishadi. Qadimgi Megrelian tilida borj „vaqt“, gal esa „oʻtish“ yoki „oqim“ degan maʼnoni anglatadi. Shunday qilib, butun ibora „vaqt oqimi“ degan maʼno hosil qiladi.
Foydalanilishi Nasroniylargacha boʻlgan davrda mazkur belgi Gʻarbiy (Kolxida va Sharqiy Gruziyada (Gruziya meʼmorchiligidagi Dedabodzi, „ona-ustun“)) muqaddas ramz sifatida Kura-Araxes madaniyatida, Darbaziyning bir qismi oʻlaroq keng qoʻllanganრატი იონათამიშვილი „ბორჯღალასა და სვასტიკის გენეზისისთვის“ თბ.(2006) [Rati Ionatamishvili, Genesis of the Leopard and the Swastika, Tbilisi, 2006 ]. Oʻrta asrlarda esa bu belgi xristian ramziyligining bir qismiga aylanib ketgan.
Hozirgi vaqtda mazkur belgi Gruziya identifikatorlari va pasportlarida, shuningdek, valyutalarda va Gruziya regbi ittifoqi tomonidan keng qoʻllanadi. Gruziya regbi jamoasi oʻyinchilari (borjgalosnebi) deb ataladi, bu „Borjgali (belgisi)ni olib yuradigan erkaklar“ degan maʼnoni anglatadi. Bundan tashqari, 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Gruziya dengiz floti bayrogʻida ham shu belgidan foydalanilganPrevious edition: [pie90] Format: A4 (tall) (279×210 mm). Gruziya millatchilari koʻpincha milliy gʻururni namoyish etish uchun ushbu ramzdan foydalanadilar[ iqtibos kerak ].
Galereya
Yana qarang
Laz xalqi Arevaxach Hilarri Lauburu Triskelion Svastika 20-asr boshlarida svastikaning gʻarbda qoʻllanishi Manbalar
Adabiyotlar
Belgilar lugʻati Gruziyaning tarixiy lugʻati, Aleksandr Mikaberidze T. Uilson „Svastika, eng qadimgi maʼlum ramz va uning koʻchishi“ Vosh. 1990-yil Transkavkaz banknotlari, Arutiun Airapetian, 52-bet Turkum:Gruziya madaniyati Turkum:Gruzin mifologiyasi Turkum:Ramzlar Turkum:Gruzincha soʻzlar va iboralar Turkum:Gruziyaning milliy ramzlari