thumbtime=6|thumb|228x228px|Toʻrt kunlik chaqaloqdagi Moro refleksi: 1) refleks bolani stoldan koʻtarganda; 2) bola qoʻllarini yoyadi; 3) qoʻllarini koʻtaradi; 4)yigʻlaydi (taxminan 10 soniya) thumb|231x231px|Uyqu vaqtidagi moro refleksi Moro refleksi — bolalardagi tugʻma fiziologik refleks boʻlib, homiladorlikning 28-32 xaftaligida rivojlanadi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda 3-6 oyligida yoʻqoladi. Chaqaloqlar refleksga nisbatan uch xil javob beradi:

Qoʻllarini yozadi; Qoʻllarini yigʻib oladi; yigʻlaydi (odatda);

Moro refleksi – Falaj qoʻrquv refleksidan (FQR) farq qiladi , undan farqli, u takroriy stimulyatsiya bilan kamaymaydi. Pediatriyada Moro refleksining asosiy ahamiyati markaziy asab tizimining integratsiyasini baholash hisoblanadi.

Moro refleksini aniqlash Refleksni fanga kiritgan Ernst Moro chaqaloq boshining ikki tomonidan yostiqqa barmoq bilan urib, Moro refleksini keltirib chiqaradi. Boshqa usullardan ham ham foydalanish mumkin. Masalan: chaqaloqni tezda pastga tushirish (extiyotkorlik bilan) va tez koʻtarish; yoki qorin terini chimchilash. Bugungi kunda eng keng tarqalgan usul – chaqaloqni ikkala qoʻl bilan ushlagan holda, boshini bir necha santimetrgacha tanaga nisbatan pastroq ushlash.

Klinik ahamiyati Moro refleksi homiladorlikning 25-haftasidan keyin erta tugʻilishda toʻliq boʻlmagan shaklda kuzatilishi mumkin va odatda 30-haftada (uchinchi trimestr) toʻliq shaklda namoyon boʻladi. 2-oydan 3-oygacha boʻlgan davrda qoʻllarini yozishi yoki tortishishining yoʻqligi yoki assimetriyasi anormal deb hisoblanadi, chunki 6 oydan katta chaqaloqlarda refleksning davom etishi mumkin emas. Bundan tashqari, neonatal davrda refleks yoʻqligi tugʻilish travması yoki miya patologiyasidan darak beradi. Moro refleksining assimetriyasi juda ahamiyatli, chunki u deyarli har doim asab tizimi kasalligi belgisi hisoblanadi. Moro refleksiga yuqori sezgirlik bachadonda sodir boʻlgan jiddiy miya shikastlanishi, mikrosefaliya va gidroensefaliya boʻlgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Moro refleksiga sezuvchanlikning yuqoriligi yoki pastligi, koʻpincha engil gipoksik-ishemik ensefalopatiyali yangi tugʻilgan chaqaloqlarda uchraydi. Moro refleksi chaqaloqlarda baʼzi dori-darmonlar tasirida ortishi yoki sustlashishi mumkin. 6 oydan oshgan bolalarda Moro refleksining saqlanib qolishi faqat ogʻir nevrologik nuqsonlari boʻlgan chaqaloqlarda, jumladan miya yarim falajida kuzatiladi.

Tarixi Moro refleksi birinchi boʻlib Gʻarb tibbiyotida 1918-yilda avstriyalik pediatr Ernst Moro (1874-1951) tomonidan fanga kiritilgan. Moro buni quchoqlash refleksi deb atagan . U buni shunday izohlagan: „Agar yangi tugʻilgan chaqaloq tekshiruv stoliga yotqizilsa va barmoq bilan yostiqning har ikki tomoniga urilsa, ikkala oyoq-qoʻlning tez simmetrik yozilishi kuzatiladi va ular darhol adduksiyada bir-biriga yaqinlashadi“. Uning soʻzlariga koʻra, bu refleks bola hayotining dastlabki 3-6 oyidan keyin yoʻqolishi kerak. Shundan beri Moro refleksi chaqaloqlarda erta nevrologik muammolarni aniqlash uchun ishlatiladi. Moro refleksining yoʻqligi yoki uzoq davom etishi chaqaloqning nevrologik yordamga muhtojligini bildiradi.

Funksiyasi Moro refleksi chaqaloqning onasiga yopishib olishiga yordam beradigan omon qolish instinkti hisoblanadi. Agar chaqaloq muvozanatni yoʻqotsa, refleks uni onasini quchoqlab, ona tanasiga mahkamlashiga yordam beradi.

Manbalar

Havolalar

Medline Plus: Moro refleksi Medulla oblongatasida nomaʼlum kelib chiqadigan oʻtkir demiyelinatsiya shikastlanishidan keyin kattalardagi moro patologik refleksi (nevrologiya)

Turkum:Akusherlik Turkum:Neonatologiya Turkum:Bolalar nevrologiyasi