Vincent Willem van Gogh (talaffuzi: Vinsent Villem van Gog, MFA [vɪnˈsɛnt vɑnʼxɔx]), 1853-yil 30-mart, Grot-Zyundert, Breda yaqinida, Niderlandiya – 1890-yil 29-iyul) – dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir-postimpressionchi.
Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885—1886)dagi BAda, Parijdagi xususiy studiyada (1886—1888) oʻqigan. Vincent van Gogh ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini oʻzida aks ettiradi. 1880-yillarning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratgan („Dehqon ayol“, „Kartoshka xoʻrandalari“, 1885 va boshqalar). Tanqidiy realizm anʼanalarini rivojlantirib, asarlar obrazlarining taʼsirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886—88 yillarda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini oʻrganadi. Shu davrda dadil erkin kompozitsiya yechimiga yaratilgan hayotga muhabbat bilan toʻliq portret va manzaralar yaratgan („Tungi qahvaxona“, 1888; „Overda yomg'irdan keyingi manzara“, 1890 va boshqalar).
Avtoportretlar
Kungaboqarlar
Irislar
Peyzaj
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar Vinsent van Gog. Kartinalar va biografiya Vinsent van Gog kartinalari galereyasi Vinsent van Gog biografiyasi va ishlari Vinsent van Gog biografiyasi va ishlari Metropolitan Museum of Art. New York Art Gallery – Vincent van Gogh Vinsent van Gog kartinalari galereyasi Van Gogh Museum, Amsterdam The Complete Works of Vincent van Gogh Vincent Van Gogh’s Zoomable Paintings Vincent Van Gogh’s Paintings Vincent van Gogh at Famous Artists Gallery
Turkum:Rassomlar