Lodz gettosi yoki Litzmannstadt gettosi (natsistlar Germaniyasi tomonidan Łódźning qayta nomlanishiga muvofiq) – nemis hukumati Polshani okkupatsiya qilganidan keyin polshalik yahudiylar va loʻlilar uchun tashkil etgan natsistik getto. Ushbu getto Varshava gettosidan keyin Yevropadagi eng katta getto hisoblangan. Lodz shahrida joylashgan va aslida Warthegau provinsiyasini „Judenfrei“ (yahudilardan xoli) qilish rejasining dastlabki bosqichi uchun moʻljallangan getto asosiy sanoat markaziga aylantirildiPlan hammered out by Friedrich Uebelhoer. Horwitz, 2009, 27-bet.. Bu yerda natsistlar Germaniyasi va ayniqsa Wehrmacht uchun urushda zaruriy taʼminot qismlari ishlab chiqarildi. Gettoda saqlangan odamlar soni natsistlar nazorat qiladigan hududlardan haydab yuborilgan yahudiylar bilan yanada oshib bordi,.

1940-yil 30-aprel kuni getto darvozalari yopilganda ichkaridagi aholining soni 163 777 nafarni tashkil qilgan edi. The United States Holocaust Memorial Museum Encyclopedia of Camps and Ghettos, 1933–1945, Geoffrey P. Megargee, Martin C. Dean, and Mel Hecker, Volume II, part A, pp. 75–82. Gʻoyatda samarali ishlab chiqarish tufayli getto 1944-yil avgustigacha faoliyat olib bordi. Dastlabki ikki yil ichida u Polsha shaharlari va qishloqlaridagi tugatilgan gettolardan deyarli 20 000 yahudiylarni qabul qilgan. Shuningdek, Germaniya tomonidan bosib olingan Yevropaning qolgan qismidan yana 20 000 kishi gettoga qabul qilinganBiuletyn Informacyjny Obchodów 60. Rocznicy Likwidacji Litzmannstadt Getto. Nr 1-2. „The establishment of Litzmannstadt Ghetto“ , Torah Code website. Qaraldi: 21-mart 2015-yil. 1942-yil boshida boshlangan Chełmno qirgʻin lageriga deportatsiyalar toʻlqinidan soʻng, shuningdek, vaziyat tubdan oʻzgarganiga qaramay, nemislar gettoni yoʻq qilishga qatʼiy bel bogʻlashdi: qolgan aholini ham Osvensim va Chełmno qirgʻin lagerlariga olib ketishdi. U yerga yuborilganlarning koʻpchiligi yetib borishi bilanoq oʻldirildi. Bu okkupatsiya davri Polshasida tugatilgan soʻnggi getto ediThe statistical data, compiled on the basis of by Virtual Shtetl Museum of the History of the Polish Jews, shuningdek, „Getta Żydowskie“ by Gedeon   va „Ghetto List“ by Michael Peters  . Qaraldi: 25-mart, 2015-yil.. Getto orqali jami 210 000 yahudiylar oʻtgan, ammo sovetlar qoʻshini kelganida faqat 877 kishi yashirinib qolgan. Polsha istilosidan oldin Łódźda yashagan taxminan 10 000 yahudiy aholi Holokostdan boshqa joyga ketish orqali omon qolgan.

Manbalar

Turkum:Antisemitizm Turkum:Polsha tarixi Turkum:Ikkinchi jahon urushi paytida Polsha Turkum:Holokost