Alixan Asxanovich Smailov (; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va siyosiy arbobi, sobiq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022—2024).

Biografiyasi 1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Davlat milliy universitetini «Amaliy matematika» ixtisosligi bo‘yicha muvaffaqiyatli tugatdi. 1996-yilda esa Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutida tahsil olib, «Davlat boshqaruvi magistri» ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

2022-yilning 5-yanvarida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan respublika Bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shu yilning 11-yanvarida esa Prezidentning navbatdagi Farmoni bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga rasman tasdiqlandi.

Karyerasi „A-Invest“ investitsiya va xususiylashtirish fondi xodimi (1993-1995); Almati shahar hokimligi savdo-sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi (1995-1996); Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy xoʻjalik kengashi stajyori (1996); Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika agentligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi (1996-yil avgust – 1998-yil mart); Qozogʻiston Respublikasi Statistik rejalashtirish va islohotlar agentligining statistika va tahlil qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1998-yil mart – 1998-yil aprel); Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh eksperti, sektor mudiri (1998-1999); Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy-nazorat boʻlimi davlat inspektori (1999-yil avgust – noyabr); Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (1999-yil noyabr – 2003-yil fevral); Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2003-yil fevral – 2003-yil); Eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash davlat sugʻurta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2003-2006); Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2006-yil fevral – 2007-yil yanvar); „Kazagro“ Milliy xoldingi AJ prezidenti (2007-yil yanvar – 2008-yil noyabr); Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2008-yil 21-noyabr – 2009-yil oktyabr); Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (2009-yil 27-oktabr – 2014-yil 13-avgust); Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qoʻmitasi raisi (2014-yil avgust – 2015-yil dekabr); Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2015-yil 11-dekabr – 2018-yil 18-sentabr); Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri (2018-yil 18-sentabrdan boshlab) Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022-yil 11-yanvardan)

Mukofotlari Medallar: „Mashaqqatli mehnati uchun“, „Qozogʻiston mustaqilligiga 10 yil“, „Qozogʻiston Konstitutsiyasiga 10 yil“, „Ostona shahriga 10 yil“, „Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun“, II darajali (05/08/2015). Orden „Parasat“ (2020).

Oilasi Otasi: Smailov Asxan Smailovich, Almati shahridagi 17-sonli poliklinikaning sobiq bosh shifokori.(1948-yil 17-iyunda tugʻilgan) Onasi: Anarkul Tayjanova (1947-yil 4-noyabrda tugʻilgan) Alixan Smailov uylangan va uch farzandi bor: Asxan Ayizere Alixanqizi (2013-yil 1-martda tugʻilgan), Asxan Janiya Alixanqizi (2015-yil 20-iyulda tugʻilgan), Asxan Alisulton Alixanuli (2018-yil 10-sentabrda tugʻilgan) Xotini: Smailova Baljan Duanbekovna (1987-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) Opasi: Abildaeva Toʻlqin Asxanovna (1969-yil 29-iyunda tugʻilgan) Ukasi: Smailov Erjan Asxanovich (1983-yil 10-sentyabrda tugʻilgan).

Manbalar

Havolalar http://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30407668 https://www.nur.kz/1753293-cto-izvestno-o-novom-ministre-finansov-alihane-smailove.html

Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar