Arthur Laffer (1940-yil, 14-avgust) Amerikalik iqtisodchi va muallif.
Arthur Lafferning Reagan prezidentlik davrida Iqtisodiy siyosat maslahat kengashida 1981—1989-yillarda kengash aʼzoligi davrida nufuzi oshgan. Laffer ayniqsa Laffer egri chizigʻi bilan taniqlidir. Bu soliq stavkasi va byudjet tushumlari orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatuvchi funksiya boʻlib, hukumatlarga soliqlarni kamaytirish va bir vaqtning oʻzida daromadni oʻshirib, iqtisodiyat rivojlanishiga yordam beradi. Laffer Donald Trumpning 2016-yildagi siyosiy ishlarida iqtisodiy maslahatchi boʻlgan. Bolalik davri va taʼlimi Laffer Ogayo shtatidagi Youngstown shaharda Clevite Korporaciyasi direktori va uybekasi Marian Amelia oilasida dunyoga kelgan va shu shtatning Cleveland shahrida katta boʻlgan. U 1958-yili Cleveland Universiteti maktabini, 1963-yili Yale Universitetida Iqtisodiyat mutaxassisligida bakalavr darajasini va 1972-yil Stanford universitetida Doktorantura darajasini bitirgan. Ilimiy faoliyati Laffer 1970-yildan 1976-yilgacha Chikago universitetida biznes iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti va 1967-yildan 1976-yilgacha Chikago fakulteti aʼzosi boʻlgan . 1976-yildan 1984-yilgacha Laffer Janubiy Kaliforniya universiteti biznes maktabida Charles B. Thornton nomi bilan biznes iqtisodiyoti professori lavozimida ishlagan. Bu vaqt ichida Laffer 1978-yilda shtatdagi mulk soligʻini keskin qisqartirib Kaliforniya tashabbusi boʻlgan Proposition 13 ni qabul qilishga yordam bergan. 1980-yillarning oʻrtalarida Laffer Malibu shahridagi Pepperdine universitetida Distinguished professori va Pepperdine direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan. Siyosiy faoliyati 1970-yilning oktyabr oyidan 1972-yil iyul oyiga qadar Arthur Laffer Menejment va Budjet idorasida bosh iqtisodchi lavozimada ishlagan.1984-yilda u Reagan/Bush moliya qoʻmitasining Ijro qoʻmitasining aʼzosi boʻlib ishlagan.
Manbalar
Turkum:Iqtisodchilar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar