Meksika boʻrisi"Canis lupus baileyi". explorer.natureserve.org. - Boʻrilarning Canis lupusWozencraft, W. C. (2005) "Order Carnivora". In Wilson, D. E.; Reeder, D. M. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference (3-nashr). Johns Hopkins University Press. 575–577 bet. ISBN978-0-8018-8221-0 url=https://books.google.com/books?id=JgAMbNSt8ikC&pg=PA576 kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Janubiy-sharqiy Arizona, Janubiy New Mexico va Meksikaning shimoliy hududlarida yashaydi. U bir paytlar gʻarbiy Texasda ham tarqalgan. Katta ehtimol bilan uning ajdodlari Shimoliy Amerikadagi birinchi kulrang boʻrilardan boʻlgan. U xalq orasida lobo nomi bilan ham tanilgan. AQSHning 1972-yildagi Endangered Species Act qonuniga asosan yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar roʻyxatiga kiritilgan.

Tashqi koʻrinishi thumb|Meksika boʻrisining bosh chanogʻi U Shimoliy Amerikadagi kulrang boʻrilarning eng kichigi boʻlib, turdoshi C. l. nubilusga oʻxshab ketadi. Ammo kichik jussasi, tor bosh chanogʻi va nisbatan toʻq yungi bilan ajralib turadi. Yungi sargʻish-kulrang, orqasi va dumi esa qora tusga ega.

Yashash tarzi thumb|Meksika boʻrisi va boʻri bolalari Meksika boʻrisi dunyodagi qolgan boʻrilar kabi yirik tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi. Rocky Mountain bugʻusi boʻri ozuqasining 76-80%ini tashkil qiladi. Shu jumladan u xachir kiyik, oq dumli kiyik, pekari kabi Shimoliy Amerikaga xos turlar va boshqa quyon va olmaxon kabi kichik sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. Chorva mollari oʻtlaydigan yerlarda ozuqasining 16%iga yaqinini chorva mollari tashkil etadi."Conserving the Mexican Wolf | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. Qaraldi: 2023-yil 5-mart. Meksika boʻrisi yashaydigan yerlarda boshqa etxoʻrlar ham yashaydi. Ular togʻ sherlari, qora ayiqlar, koyotlar, yovvoyi mushukalar, qizil va kulrang tulkilardir."Apache-Sitgreaves National Forest - National Forest Foundation" www.nationalforests.org. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.

Hozirgi aholisi Fish and Wildlife Servicesning aniqlashicha 2023-yil 28-fevral holatiga Janubi-gʻarbiy Amerikadagi erkinlikdagi meksika boʻrilarining soni 241taga yetgan. Ularning 136tasi New Mexicoda and 105tasi Arizonada. Boʻri bolalarining yillik yashab ketish darajasi 67%ni tashkil etdi. 109ta boʻriga (boʻrilarning 45%ida) ularni monitor qilish va boshqarish uchun boʻyinbogʻlar taqilgan. 2022 yili 2017-yildan beri eng kam oʻlim (12ta oʻlim) qayd etilgan yilga aylandi. Tutqunlikdagi jami Meksika boʻrilari soni 380tani tashkil etgan."Mexican Wolf Numbers Soar Past 200 | U.S. Fish & Wildlife Service". FWS.gov. 2023-yil 27-fevral. Qaraldi: 2023-yil 28-fevral Meksikada esa 45ga yaqin ushbu turdagi boʻrilar mavjud."Mexico releases two pairs of endangered gray wolves - Albuquerque Journal". FWS.gov. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.

Manbalar