Chukurova Universiteti (CU) – Adana shahrida joylashgan davlat universitetidir. Universitet 20 ming gektar maydonda qurilgan. Shuningdek universitet talaba va xodimlarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun zamonaviy uslubda qurilgan va jihozlangan. Meryem Tuncel 2020-yil 14-avgustdan boshlab universitet rektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Umumiy maʼlumot Chukurova Universitetida 16 ta fakultet, 1 ta davlat konservatoriyasi, 13 ta kasb-hunar maktabi, 3 ta institut va 25 ta tadqiqot markazlari mavjud.

2012-yil holatiga koʻra Chukurova Universitetida 1900 nafar ilmiy xodim 45000 nafar talabaga taʼlim bergan. Universitetda professor-oʻqituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun zarur boʻlgan milliy va xalqaro nashrlarni oʻz ichiga olgan Chukurova Universiteti markaziy kutubxonasi mavjud.

Tarix

Universitetning poydevor qoʻyish marosimi 1971-yilning 5-yanvarida Bosh vazir Sulaymon Demirel va MHP rahbari Alparslan Turkesh ishtirokida boʻlib oʻtdiMillat Gazetasi Arxivi, 1971-yil 6-yanvardagi soni. Dastlab universitet 2 ta fakultet bilan faoliytini boshlagan. 1992-yilga kelib Chukurova universitetida 6 ta fakultet, 11 ta kollej, 3 ta institut, 1 ta davlat konservatoriyasi va 22 ta tadqiqot markazi bor edi. 2009-yilda Jeyhan muhandislik fakulteti, 2012-yilda Farmatsevtika, Kozan biznes boshqaruvi va Jeyhan veterinariya fakultetlari tashkil etilgan.

Akademik birliklar Fakultetlar Jeyhan muhandislik fakulteti Jeyhan veterinariya fakulteti Stomatologiya fakulteti Farmatsevtika fakulteti Ta'lim fakulteti San'at va fanlar fakulteti Iqtisodiyot va ma'muriy fanlar fakulteti Ilohiyot fakulteti Tasviriy san'at fakulteti Huquq fakulteti Kozan biznes boshqaruvi fakulteti Muhandislik va arxitektura fakulteti Sog'liqni saqlash fanlari fakulteti Baliqchilik fakulteti Tibbiyot fakulteti Qishloq xoʻjaligi fakulteti

Institutlar Fan va texnologiya instituti Ijtimoiy fanlar instituti Sogʻliqni saqlash fanlari instituti

Kasb-hunar maktablari Adana kasb-hunar maktabi Jeyhan kasb-hunar maktabi Karaisali kasb-hunar maktabi Kozan kasb-hunar maktabi Pozanti kasb-hunar maktabi Sogʻliqni saqlash xizmatlari kasb-hunar maktabi Yumurtalik kasb-hunar maktabi Texnika fanlari kasb-hunar maktabi Tufanbeyli kasb-hunar bilim yurti Feke kasb-hunar maktabi Imogʻlu kasb-hunar maktabi Aladag kasb-hunar maktabi.

Balcali kampusi Chukurova universitetining asosiy kampusi Balcali kampusidir. Kampusning nomi universitet tashkil etilishidan avval kampus hududida boʻlgan Balcali qishlogʻi nomida olingan. Kampusda boshqaruv va taʼlim boʻlinmalaridan tashqari laboratoriyalar, Balcali kasalxonasi, markaziy kutubxona, sport inshootlari, Fevzi Chakmak Talabalar yotoqxonasi, 5-yanvar talabalar yotoqxonasi, Chukurova talabalar yotoqxonasi, Toroslar talabalar yotoqxonasi, Adana talabalar yotoqxonasi va Mahmut Sami Ramazanogʻlu yotoqxonasi kabi yotoqxonalar mavjud.

Havolalar Rasmi sayt .

Manbalar

Turkum:Chukurova Turkum:Turkiyadagi universitetlar