Andrew D. Huberman (1975-yilda tugʻilgan) – amerikalik podkaster va nevrolog. U Stanford universiteti tibbiyot fakultetining neyrologiya kafedrasi dotsenti va biologik aktiv qoʻshimchalarni taklif qiladigan Momentous sport va ovqatlanish kompaniyasining hamkori. U 2021-yilda boshlagan Huberman Lab podkastlari bilan mashhur. Podkastlari „Apple Podcasts“ va Spotifydagi eng yaxshi 10 podkast qatoriga kiradi va YouTubeʼda 3,5 milliondan ortiq obunachiga ega.
Taʼlimi U 1998-yilda Santa-Barbaradagi Kaliforniya universitetida bakalavr darajasini, 2000-yilda Berklidagi Kaliforniya universitetida magistr darajasini va 2004-yilda Devisdagi Kaliforniya universitetida nevrologiya fanlari nomzodi darajasini olgan. U 2010-yilda Ben Barres laboratoriyasida ishlagan holda Stanfordda doktorlikdan keyingi taʼlimni tamomlagan.
Akademik karyerasi 2011-yildan 2015-yilgacha Huberman San-Diegodagi Kaliforniya universitetida neyrobiologiya va nevrologiya kafedrasi dotsenti boʻlgan. 2016-yilda Stanford universitetiga koʻchib oʻtdi.
David Shpigel bilan birga Huberman kortizol va bezovtalik bilan namoyon boʻladigan depressiya boʻyicha tadqiqot olib bordi.
Podkasterlik faoliyati 2021-yilda Huberman Huberman Lab podkastini ishga tushirdi. Bir necha soat davom etadigan epizodlarda Huberman oʻz mutaxassisligi doirasida ham, undan tashqari ham maʼlum bir mavzudagi tadqiqot holati haqida gapiradi. 2023-yilga kelib podkast AQShda Spotify platformalarida eng mashhur 6-podkastga aylandi, uning YouTube kanalida 3,5 million obunachi va Instagram akkauntida 4,2 million obunachi mavjud.
2022-yil aprel oyida Huberman Yuta shtatidagi Momentous sport va ovqatlanish kompaniyasi bilan hamkorlikka qoʻshildi. Ushbu kompaniya bilan u „Huberman Lab“ markali biologik aktiv qoʻshimchalarni taklif qiladi.
Tanqidlar Time jurnalida Huberman ilm-fanga qiziqish uygʻotgani uchun maqtovga sazovor boʻldi. Biroq, u boshqa olimlar tomonidan tadqiqotlarning hayvonlardagi dastlabki natijalarini odamlar uchun potensial choralar sifatida muddatidan oldin qoʻllaganligi uchun tanqid qilindi.
Fan va jamiyat uchun McGill idorasidagi Jonathan Jarry Hubermanning munozarali biologik aktiv qoʻshimchalarni targʻib qilishini tanqid qildi. Jarryning soʻzlariga koʻra, Huberman laboratoriyasiga „tibbiyot nuqtai nazaridan shubhali mahsulotlar taklif qiluvchi kompaniyalar“ homiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar
Huberman laboratoriyasi podkasti Andrew D. Huberman Stanford tibbiyot maktabida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Nevrologiya Turkum:Tibbiyot