Chung-Ang universiteti (qisqartmasi: CAU) — Janubiy Koreyaning Seul shahridagi xususiy tadqiqot universitetidir. Universitet ikkita kampusga ega: Seulning Dongjak tumanida joylashgan asosiy kampus va Anseong provinsiyasida joylashgan qo‘shimcha kampus. 1916–yilda cherkov tomonidan boshqariladigan bolalar bogʻchasi sifatida tashkil etilgan CAU 1922-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun maktabga aylantirildi va 1953–yilga kelib universitet maqomiga ega boʻldi. Universitet 2018-yilda oʻzining yuz yillik yubileyini nisholladi. Chung-Ang universitetining ramzi - moviy ajdahodir. Bu CAUning muqaddasligi, hokimiyati, erkinligi va abadiy farovonligini ifodalaydi.
Tarixi Chung-Ang universiteti 1918–yil aprel oyida Insa-dong, Jongno-gu, Seulda joylashgan Chung-Ang cherkoviga qoʻshimcha sifatida Chung-Ang bolalar bogʻchasini tashkil etish bilan boshlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida Koreya–Yaponiya munosabatlari yomonlashadi.Yapon kuchlarining bosimi ostida maktab yangi talabalarni qabul qila olmadi va 1944- yilda vaqtincha yopildi.Yaponiya magʻlubiyatga uchragab,Koreya ozod boʻlgach, 1945-yil 28-sentyabrda Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabining eshiklarini qayta ochdi va maktab shiori „Haqiqatda yasha, adolat uchun yasha“ deb belgilandi. Oʻsha yilning 1-oktyabrida Chung-Ang oʻqituvchilar tayyorlash maktabi Chung-Ang ayollar kasbiy maktabi nomi ostida qayta tashkil etildi.
Fakultetlar Mavjud fakultetga asoslangan tizim 2014- yilda funksional vitse-prezidentlik tizimiga almashtiriladi va har bir kollej dekan tomonidan boshqariladi. 2014-yil holatiga koʻra universitet tarkibida 12 ta kollej va 49 ta kafedra mavjud.
Reytingi Chung-Ang universiteti ( CAU ) 2020-yil Times Higher Education (THE) universitetlar reytingida ijtimoiy fanlar toifasida uchinchi va Koreya universitetlari orasida taʼlim boʻyicha beshinchi oʻrinni egalladi. JoongAng jurnali tomonidan 2019-yilgi Koreya universitetlari reytingiga ko'ra, CAU kino, drama va teatrshunoslik sohalarida birinchi oʻrinni egalladiOverall ranking:2013年大學評估中, POSTECH時隔五年再次問鼎 (Chinese), Korea Joongang Daily Chinese version, 2017-10-07.Best film school in Korea (Chinese), Chung-Ang University official website..
Manbalar
Havolalar
Turkum:Janubiy Koreya universitetlari Turkum:Universitetlar