Android KitKat – oʻn birinchi Android operatsion tizimining kod nomi boʻlib, Android 4.4 versiyasidir. 3-sentyabr 2013-yilda Android KitKat taqdim etildi, ushbu Android asosan yetarli ichki resurslarga ega boʻlmagan arzon smartfonlarda operatsion tizimni yanada optimizatsiyalash uchun chiqarilgan. Android KitKat bilan kelgan birinchi qurilma Google Nexus 5 telefoni boʻldi.

2022-yil oktyabr holatiga koʻra, dunyodagi mobil qurilmalarning 1.39% i Android KitKat tizimida ishlaydi. 2023-yil 24-iyulda Google KitKat uchun Google Play xizmatlari ortiq qoʻllab-quvvatlanmasligini eʼlon qildi.

Tarixi 2013-yil 3-sentabrda Android 4.4 „KitKat“ rasman ommaga eʼlon qilindi. Dastlab ushbu reliz „Key lime pie“(amerikancha laym taʼmli pirog) kod nomini oladi. Biroq tez orada Android global hamkorlik masalalari boʻyicha direktor John Lagerling va uning jamoasi, kod nomini oʻzgartirishga qaror qilishdi. Bunda sabab sifatida ushbu laymli pirog „taʼmi“ni sanoqli insonlargina bilishini davo qilishdi. Uning jamoasi „kutilmagan va ajoyib“ kod nomi oʻylab topishni maqsad qilishadi, soʻngra reliz „KitKat“ deb nomlanadi. Lagerling Nestle kompaniyasidagi hamkorlari bilan bogʻlanadi(chunki KitKat brendi Nestlega tegishli edi). Tez orada Nestle bilan oʻzaro reklama boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishiladi. 2013-yilgi Mobile World Congress'da toʻliq kelishuvga erishiladi. Ushbu hamkorlik sentyabr oyigacha hech kimga oshkor etilmagan edi, hatto Google dasturchilari ham bundan xabar boʻlishmagan. Ushbu marketing rejalarining bir qismi sifatida, Kit Kat shokolad barlari Android Robot logotipi shaklida chiqarila boshlandi.

2013-yil 30-sentabrda LG Electronics tomonidan ishlab chiqilgan Nexus 5 KitKat uchun ishlab chiqarilgan birinchi qurilma boʻldi.

2017-yil oktabrgacha Android 4.4 hali ham Google tomonidan dasturiy xavfsizlik paketlari bilan qoʻllab-quvvatlanar edi.

Rivojlanish Androidy 4.1 „Jelly Bean“ relizida asosan vizual ishlash va sezgir interfeyslarga eʼtibor qaratilgan boʻlsa, Android 4.4 relizida esa asosiy maqsad oldingi xususiyatlar va funksionalliklarni saqlab qolgan holda arzon, cheklangan resursli qurilmalarda yaxshiroq ishlashi uchun optimallashtirish edi. Ushbu loyiha „Project Sveltve“ nomini oladi va  Android muhandislik boʻlimi boshligʻi Deyv Burk bu loyiha haqida Jelly Bean relizi qoʻshgan „ogʻirlik“ dan keyingi vazn yoʻqotish rejasi ekanligini aytib hazillashib ham qoʻyadi.

ProcStats dasturiy vositasi ilovalarning qurilma xotirasidan foydalanish hajmi va samaradorligini tahlil qilish uchun ishlab chiqildi. Ushbu asbob samarasiz deb topilgan Google ilovalari va servislarini optimallashtirish uchun ishlatilgan va shu bilan birga Android xotirasining umumiy sarfini kamaytirishga yordam bergan. Bundan tashqari, 4.4 xotirani boshqarishda ancha agressiv tizim hisoblangan, bunda ilovalarning ortiqcha qurilma xotirasidan foydalanishiga umuman yoʻl qoʻyilmagan.

Platforma ART(Android Runtime) deb nomlanga yangi ishga tushiruvchi dasturiy muhit Android KitKat versiyasida sinov tariqasida ishga tushirildi. ART muhiti kross-platforma hisoblanib, ikkala 32 va 64-bitli x86, ARM, va MIPS arxitekturalarini qoʻllab-quvvatlaydi. ART muhiti Dalvik'dan farqli ravishda tizim samaradorligini yana yaxshilaydigan JIT(Just-in-time) kompilyatsiyasidan foydalanadi. ART muhitida ilovalar oʻrnatilganidan soʻng kompilyatsiya qilinadi.

512 MB va undan kam tezkor xotiraga ega qurilmalar texnik cheklangan qurilmalar sifatida qaraladi. API(Android arxitekturasi komponenti) dan foydalanish orqali bunday qurilmalarni aniqlash mumkin va tizim funksionalligi ushbu xususiyatlarga mos ravishda oʻzgaradi. KitKat shuningdek zram'ni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Google Chrome renderlash mexanizmlari yordamida WebView komponentlari utilizatsiya qilinadi. Yangi Storage Access Framework API ilovalarga fayllarga kirish imkonini beradi. Ushbu yangi tizim fayl menejerlari orqali foydalanuvchilarga turli manbalardan (jumladan, onlayn bulutli xotiradan) fayllarga kirish imkonini beradi.

Shuning matnli xabarlar almashish va ularni boshqarish uchun yangi API ishlab chiqildi. Shu bilan birga, qadam bosishlarni sezadigan va qadamlar sonini sanaydigan API’lar ham tizimga qoʻshildi. Mobil toʻlov tizimlari uchun ham KitKat oʻz ichiga NFC funksiyasini ham olgan.

Yana qarang Android versiyalari tarixi Android rasmiy sayti OS X Mavericks

Manbalar

Turkum:2013-yilgi dasturlar Turkum:Android