5-Minute Crafts — bu TheSoul Publishing kompaniyasiga tegishli, asosan, DIY yoʻnalishidagi videolar yuklanadigan YouTube kanal. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, 5-Minute Crafts youtubedagi 13-eng koʻp obunachiga ega sahifa. Kanal Facebookda ham obunachilar soni boʻyicha 5-oʻrinni egallab turibdi.
Video formati 5-Minute Craftsning YouTubedagi videolari avval Instagram va Facebookda joylangan videolar jamlanmasidir.
Kanal, asosan, hunarmandchilik va life hackga oid videolardan iborat boʻlib, how-to formatida va vaqti-vaqti bilan ilmiy tajriba videolardan tashkil topgan. Kanal videolarida kamera obyektlar joylashgan stolga qaratiladi va kadrda faqat odamning qoʻllari paydo boʻlib, ushbu obyektlar yordamida kontent yaratiladi.
Tarixi TheSoul Publishing rossiyalik tadbirkorlar Pavel Radayev va Marat Muxametov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, 5-Minute Craftsdan oldin AdMeni ishga tushirgan va ijtimoiy media kontentini yaratish boʻyicha tajribaga ega jamoa tomonidan asos solingan. Sahifa 2016-yil 15-noyabrda TheSoul Publishing tomonidan YouTube platformasida roʻyxatdan oʻtkazildi.
Ertasi kuni kanalning birinchi „5 essential DIY hacks that you need to know“ nomli videosi yuklandi.
2017-yilda kanal obunachilari va videolarda koʻrishlar soni tez surʼatda oʻsishni boshladi. Mic media kompaniyasi tomonidan 2017-yil iyun oyida chop etilgan maqolada 5-Minute Crafts 4 milliondan ortiq obunachi toʻplagani qayd etilgan.
2017-yilning oktyabr oyidan boshlab 5-Minute Crafts global hisoblangan arab, nemis, ispan, fransuz, portugal, yapon, xitoy, niderland, italyan, rus va koreys tillarida videolar chiqarishni boshladi.
2018-yil aprel oyida Tubefilter YouTubeda bahorgi tozalash ishlarini oʻz ichiga olgan videolarga oid trendni yoritib, 5-Minute Crafts ishtirokiga alohida toʻxtatilib oʻtdi.
Noyabr oyiga kelib, Vox 5-Minute Craftsni oʻsha vaqtdagi 10 milliarddan ortiq video koʻrishlar va 40 million obunachi bilan YouTubedagi eng koʻp obunachiga ega beshinchi kanal sifatidagi reytingini taʼkidlab, „juda muvaffaqiyatli kanal“ deya taʼrifladi.
Kanal muvaffaqiyatiga 2018-yil dekabr oyida bir hafta davomida videolari 238 milliondan ortiq koʻrilgani ham asos boʻla oladi.
2020-yil may oyida 5-Minute Crafts Pinterest da oʻzining birinchi ingliz tilidagi kanalini ochdi.
2020-yil iyul oyida 5-Minute Crafts Mattel bilan birga baʼzi kompaniyalar uchun hamkorlikda videolar oldi.
2021-yil 18-noyabrida Variety 5-minute Crafts oilasi YouTube Shorts boʻyicha 433 millionga yaqin koʻrishlar soni bilan YouTubedagi qisqa videolari eng koʻp koʻrilgan kanal ekanligini izohladi.
2022-yil yanvar holatiga koʻra, kanal 75,4 million obunachiga ega boʻlib, YouTube tomonidan boshqarilmaydigan eng koʻp obunachiga ega boʻlgan oʻn birinchi kanal hisoblanadi.
DIY yoʻnalishiga koʻproq eʼtibor qaratgan holda, 5-Minute Crafts oʻz videolarini Pinterestga ham yuklab borish uchun moslashtira boshladi. Faoliyatini ingliz, ispan va portugal tillarida yaratishdan boshlagan 5-Minute Craftsning Pinterest bilan qilgan bu hamkorligi The Drum Awards for the Digital Industries 2021 tomonidan eʼtirof etildi va „Best use of Pinterest“ mukofotiga sazovor boʻldi.
Tanqid Kanal noodatiy va potentsial xavfli life hacklari hamda klikbeytdan faol foydalanishi ortidan tanqidga uchradi. Vox 5-Minute Crafts haqida uning videolarini „hech kim takrorlay olmaydigan yoki takrorlamasligi kerak boʻlgan DIY videolar“ deb ta’rifladi va kanalning klikbeytdan koʻp foydalanayotganini tanqid qildi.
Mashable kanal videolarini „bemaʼni“ va trollingning bir koʻrinishi deb taʼriflab, tuxumni sirkaga botirgandan soʻng chinor siropi uni „avvalgidan kattaroq“ qilishini koʻrsatadigan videosini alohida taʼkidlab oʻtdi.
BBCning Click nashri 5-Minute Craftsni „fake kitchen hacks“ videosi uchun tanqid qildi: videoda makkajoʻxori mikrotoʻlqinli pechda pishirilganda popkorn ishlab chiqargan videodagidek emas, balki boshoq faqat isitilganini aytgan edi.
How to Cook That YouTube kanali yurituvchisi Ann Reardon 5-Minute Craftsni klikbeyt retsept kanallar roʻyxatiga qoʻshib, „pishirish olamining soxta yangiliklari“ deb taʼriflagan va kanaldagi bir nechta videolarini tekshirgan. Xususan, u „oq qulupnay“ hosil qilish uchun qulupnayni oqartiruvchi moddaga namlangani tasvirlangan videoni tanqid qilib, bunday qulupnayni yeyishi xavfli boʻlishini aytgan. Bunday tanqidlardan soʻng kanal bu mazmundagi videolar ishlashni toʻxtatdi.
Manbalar
Turkum:YouTube