„Shape of You“ — britaniyalik qoʻshiqchi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. 2017-yil 6-yanvarda Asylum Records tomonidan uchinchi studiyaviy ÷ albomidan birinchi singl sifatida chiqarilgan.
Tavsifi 2017-yil 4-yanvarda Ed Sheeran yangi qoʻshiqning birinchi qatorini oʻz ichiga olgan 6 soniyalik video tizerni joylashtirdi. 6-yanvar kuni BBC Radio 1da Breakfast Show efirida musiqachi „Shape of You“ qoʻshigʻi Rihanna uchun yaratilganini, kompozitsiya Rihannaga mos kelishi haqida fikr bildirgan. Sheeran qoʻshiqni yangi albom uchun maxsus yozmagan.
Tanqidchilar fikri The New York Times gazetasidan Jon Karamanika shunday deb yozgan edi: „„Shape of You“ bu – Karib dengizi musiqasining tajovuzkor nafosatini oʻz ichiga olgan mohir, jonli va taʼsirli qoʻshiq”. Spin jurnalidan Jeremy Gordon qoʻshiqqa ijobiy munosabat bildirdi: qayd qilinishicha, matnda jinsiy aloqa haqida juda koʻp gapiriladi. Metro yangiliklar sayti taʼkidlashicha, „Shape of You“ Sia Furlerning „Cheap Thrills“ qoʻshigʻiga juda oʻxshaydi.
Musiqiy klip 2017-yil 5-yanvarda YouTube kanalida „Shape of You“ musiqiy lirik videosi „Castle on the Hill“ qoʻshigʻi bilan birga chiqdi. 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, rasmiy lirik video YouTubeda 915 million martadan koʻproq koʻrilgan.
2017-yil 30-yanvarda amerikalik raqqosa va model Jennie Pegouskie va sobiq professional sumo kurashchisi Yamamotoyama Ryuta („Yama“ nomi bilan olingan) ishtirokidagi qoʻshiqning rasmiy klipi chiqdi. Video Seattleda suratga olingan. 2017-yilning 8-mayida, chiqarilganidan 97 kun oʻtgach, videoklip YouTubeʼda eng tez 1 milliard koʻrishlar soniga ega boʻlgan musiqiy videolardan biriga aylandi. 2023-yil aprel holatiga koʻra, videoklip YouTubeʼda 5,9 milliarddan ortiq koʻrilgan va reyting boʻyicha 5-oʻrinni egallagan .
Manbalar
Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:2017-yil singllari Turkum:Ed Sheeran qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi chartida yetakchilik qilgan singllar