Abdul-Baho (Forscha: ‎​​t​​ugʻilganda Abbos deb ism beriladi: 1844-yil 23-may – 1921-yil 28-noyabr) – Bahoullohning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, 1892-yildan 1921-yilgacha Bahoiy Eʼtiqodining rahbari boʻlib xizmat qilgan. Abdul-Baho, keyinchalik, Bahoulloh va Bob bilan bir qatorda dinning uch „Markaziy Siymolari“dan oxirgisi sifatida tan olingan boʻlib, uning yozma asarlari va tasdiqlangan nutqlari Bahoiy muqaddas adabiyotiga tegishli manbalardan boʻlib hisoblanadi.

U Tehronda, zodagon oilasida dunyoga keladi. Sakkiz yoshida Uning Otasi hukumat tomonidan Bobiylik taʼlimotiga qarshi olib borilgan tazyiqlar paytida hibsga olinadi va oilaning mol-mulki talon-taroj qilinib, oila tom maʼnodagi qashshoqlikka uchraydi. Uning Otasi oʻz vatani Erondan surgun qilingani sabab, oila Bagʻdodga joʻnab, u yerda toʻqqiz yil qoladi. Keyinchalik esa, ular Usmoniylar davlati tomonidan mahbuslikning davomini oʻtash uchun yuboriladigan Edirnadan oldin Istanbulga va oxiri, Akko zindon-shahriga badargʻa qilinadilar. Abdul-Baho ​​1908-yilda 64 yoshida, Yosh turklar inqilobi uni ozod qilguniga qadar, oʻsha yerda siyosiy mahbus sifatida qoladi. Keyin esa U, Bahoiylik mujdasini oʻzining oʻrta-sharqiy kelib chiqishi sarhadlaridan chetga yoyish uchun Gʻarbga bir necha bor safar qiladi, ammo, Birinchi Jahon urushi boshlanganligi sabab, U 1914-yildan 1918-yilgacha, asosan, Hayfada qolishga majbur boʻladi. Bu Urush, oshkora qarshilik koʻrsatib kelgan Usmoniylar hukumatini Britaniya Mandatiga almashtiradiki, bu Mandat unga urushdan keyingi ocharchilikning oldini olishda koʻrsatgan yordami uchun Britaniya Imperiyasi Ordenining Fotih Qoʻmondoni etib tayinlaydi.

1892-yilda Abdul-Baho ​​Otasining vasiyatiga koʻra Ul Zotning vorisi va Bahoiy Eʼtiqodining Rahbari etib tayinlanadi. U deyarli barcha oila aʼzolarining qarshiliklariga duch keladi, lekin, dunyo Bahoiylaridan koʻpchiligining sodiqligini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. Uning "Ilohiy Reja Lavhlari" Shimoliy Amerikadagi Bahoilarni Bahoiy Taʼlimotini yangi hududlarga targʻib qilishga ragʻbatlintirib, ularni safarbar qilishga yordam beradi va Uning „Iroda va Vasiyatnomasi“ hozirgi kundagi Bahoiy Maʼmuriy Tartibotiga asos soladi. Uning koʻplab bitik va munojotlari, maktub va lavhlari saqlanib qolgan boʻlib, Uning Gʻarbiy Bahoiylar bilan olib borgan suhbatlari 1890-yillarning oxirlarida dinning oʻsishiga katta turtki beradi.

Abdul-Bahoga tugʻilganida berilgan ism Abbos edi. Vaziyatga qarab Uni Mirzo Abbos (forschada) yoki Abbos Effendi (turkchada) deb atashgan, bu ikkalasi ham inglizcha „Sir“ (janob) Abbos degan bilan teng. U oʻzi uchun Abdul-Baho („Bahoning Quli“, Otasiga ishora) unvonini afzal koʻrgan. U, odatda, Bahoiy matnlarida „Ustoz“ deb ataladi.

Hayotning yoshlik pallasi Abdul-Baho, Bahoulloh bilan Navvob xonimning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, Bob Oʻz vazifasini eʼlon qilgan tunda, 1844-yil, 23 Mayda (5chi Jamadiyul-Avval, 1260y Hijra) Forsda (hozirgi Eronda) tavallud topadi. Tugʻilganida, Unga mashhur va nufuzli zodagon bobosi, Mirzo Abbos Nuriy sharafiga Abbos deb nom beriladi. Bolaligidan Abdul-Baho ​​Otasining atoqli Bobiy sifatidagi mavqeiga koʻra shakllanib boradi. U, oʻzining Bobiylardan boʻlgan Tohira xonim bilan uchrashuvi va Uning oʻziga koʻrsatgan muomalsini eslab aytadi: „Meni tizzalariga oʻtirgʻizib, gʻamxoʻrlik bilan gaplashdilar. Meni juda hayratda qoldirdilar“. Abdul-Bahoning bolaligi baxtli va betashvish oʻtgan. Oilaning Tehrondagi uy-joyi va qishloqdagi uylari shinam va chiroyli bezatilgan edi. Abdul-Baho oʻziga juda yaqin boʻlgan singlisi bilan bogʻlarda oʻynashni yoqtirardi. Oʻzidan kichik boʻlgan – singlisi Bahiya va ukasi Mehdi – uchalasi imtiyozlarga toʻla baxt va farovonlik muhitida yashaganlar. Abdul-Baho bolaligida, ota-onasining turli xayriya ishlarida qatnashganining, jumladan, uylarining bir qismini ayollar va bolalarga atalgan shifoxonaga aylantirganining guvohi boʻladi.

Umrining keyingi koʻp qismi surgunlar va mahbuslikda oʻtganligi sababli, uning oddiy maktabda oʻqish uchun deyarli imkoni boʻlmaydi. Hatto, yosh bolaligida ham odatga koʻra, zodagonlarning bolalari maktablarga berilmas edi. Aksariyat zodagonlar uyda kitobxonlik, notiqlik, xattotlik va matematika asoslari boʻyicha qisqacha taʼlim olishgan. Koʻpchilik shoh saroyidagi hayotga tayyorlanish uchun oʻqitilgan. Anʼanaviy tayyorgarlik maktabida yetti yoshida bir yil qisqa muddat oʻqigan boʻlishiga qaramay, ʻAbdu’l-Bahoning hech qanday rasmiy taʼlimi boʻlmagan. U oʻsib ulgʻayar ekan, onasi va amakisining qoʻlida taʼlim oladiBlomfield, p.68. Vaholanki, uning taʼlim-tarbiyasining katta qismi otasi tomonidan berilgan. Yillar oʻtib, 1890-yilda Edvard Granvil Braun „Abdul-Bahodan koʻra yanada koʻproq nutqi ravon, dalillar keltirishga hozir, misol kelitirshda epchil, Yahudiylar, Nasroniylar va Muhammadiylarning… muqaddas kitoblarini yaxshi biladigan biron kishini hatto eng chechanlar orasidan topish amrimahol edi“ deb taʼriflagan.

Zamonaviy maʼlumotlarga koʻra – complete edition, with illustrations, footnotes in English and French, complete introduction and appendices., ʻAbdu’l-Baho soʻzga chechan va maftunkor bola boʻlgan. Abdul-Baho yetti yoshligida sil kasalligiga chalinib, oʻlim arfasida qolgan. Garchi kasallik keyinchalik barham topgan boʻlsada, umrining oxirigacha, u kasallik xurujlaridan azob tortgan.

Bolaligida Abdul-Bahoga katta taʼsir koʻrsatgan voqealardan biri, sakkiz yoshliligida otasining qamoqqa olinishi boʻldi; bu zindonbandlik uning oilasini qashshoqlikka va koʻchalarda boshqa bolalar tomonidan malomatli hujumlarga uchrashiga olib keldi. ʻAbdu’l -Baho oʻz onasiga hamrohlik qilib otasini koʻrish uchun Bahoulloh mahbuslikda boʻlgan Síyáh-Chál deb, mudhishligida dong chiqargan yer osti zindoniga boradi. U shunday tasvirlaydi: "Men qorongʻi, pastqam joyni koʻrdim. Kichkina, tor eshikdan kirib, ikki zinapoya pastga tushdik, undan narisida koʻzga hech narsa koʻrinmasdi. Biz zinapoyali yoʻlakning oʻrtasiga yetganda, toʻsatdan Uning [Bahoullohning]… „Uni bu yerga olib kirmang“ degan ovozini eshitdik va ular meni qaytarib olib ketishdi".

Bagʻdod Nihoyat, Bahoulloh qamoqdan ozod qilinadi-yu, ammo surgunga hukm etiladi va oʻsha paytda sakkiz yoshda boʻlgan Abdul-Baho otasi bilan birga Bagʻdodga, 1853 yilning qish pallasida (Yanvar-Aprel oylari davomida) Chronology of persecutions of Babis and Bahaʼis compiled by Jonah Winters safarga otlanadi . Safar chogʻida Abdul-Baho qahraton sovuqdan muzlab, azob tortadi. Bir yillik qiyinchiliklardan soʻng, Bahoullah Mirzo Yahyo uyushtirgan mojaroni davom ettirmaslik uchun, Abdul-Bahoning oʻninchi tugʻilgan kuni sanasidan bir oy oldin, 1854 yilning aprelida hech kimga xabar bermasdan, yolgʻizlikda qolishni afzal bilib Sulaymoniya togʻlariga chiqib ketadi Ayriliq azobi uni onasi va singlisi bilan oʻzaro yanada qattiqroq bogʻlaydi.. ʻAbdu’l-Baho ularning har ikkalasiga nisbatan, xususan yaqin edi, zero onasi uning taʼlim-tarbiyasida faol ishtirok etardi. Otasining ikki yillik yoʻqligi paytida, The Revelation of Baháʼu’lláh, volume two, page 391 hali balogʻat yoshiga yetmagan boʻlishiga qaramay (Oʻrta Sharq jamiyatida 14 yosh) u oila ishlarini boshqarish vazifasini oʻz zimmasiga oladi va maʼlum boʻlishicha, oʻqish bilan mashgʻul boʻlgan, shuningdek, oʻsha davrda qoʻlda koʻchirilgan oyatlar asosiy nashr vositasi boʻlgani sabab, u Bobning yozuvlarini koʻchirib yozish bilan ham shugʻullangan. ʻAbdu’l-Baho chavandozlik sanʼati bilan ham qiziqib, ulgʻaygach chavandozlikda ham shuhrat qozonadi.

1856-yilda, mahalliy soʻfiy yetakchilarining bir zohid bilan suhbatda boʻlgani va uning, ehtimol, Bahoulloh boʻlishi mumkinligi haqidagi xabar oila aʼzolariga va doʻstlarga yetib boradi. Darhol, oila aʼzolari va doʻstlar oʻsha gʻayb darvishni qidirishga ketishadi va Mart oyida Bahoullohni Bagʻdodga olib kelishadi. Otasini koʻrgan Abdul-Baho uning oyoqlari ostiga oʻzinin tashlab: „Nega bizni tashlab ketdingiz?“ deya baland ovozda yigʻlaydi, onasi va singlisi ham unga qoʻshilib yigʻlaydilar. ʻAbdu’l-Baho tez orada otasining kotibi va qalqoni boʻldi. Ushbu shahardagi musofirlik paytida Abdul-Baho kichik boladan yosh yigitga aylandi. U „ajoyib goʻzal koʻrinishga ega navqiron yigit“ sifatida eʼtirof etilib, oʻzining xayriya ishlari bilan esda qolgan. Balogʻat yoshidan oʻtganidan soʻng, Abdul-Baho Bagʻdod masjidlarida diniy mavzular va oyatlar muhokamasi ustida har doim koʻzga tashlanib turgan yosh yigitlardan boʻlgan. Abdul-Baho Bagʻdodda boʻlganida otasining istagiga binoan, Ali Shavkat Pasha ismli soʻfiylar yetakchisi uchun musulmon anʼanasiga koʻra „Men yashirin xazina edim“ degan tafsirni yozgan. Oʻsha paytda Abdul-Baho oʻn besh yoki oʻn olti yoshda edi va Ali Shavkat Pasha 11000 dan ortiq soʻzdan iborat inshoni uning yoshi uchun maqtovga sazovor jasorat deb hisobladi. 1863-yilda, keyinchalik Rizvon bogʻi deb tanilgan joyda, uning otasi Bahoulloh bir necha kishiga oʻzini Ollohning Mazhari va Bob tomonidan kelishi bashorat qilingan Maʼvud, Olloh zohir qiladigan Zot ekanini eʼlon qildi. Oʻn ikki kunning sakkizinchi kunida, Bahoulloh oʻz daʼvosini birinchi boʻlib oshkor qilgan shaxs Abdul-Baho boʻlgan deb ishoniladi The history and significance of the Baháʼí festival of Ridván BBC.

Istanbul/Adrianopol right|thumb| ʻAbdu’l-Baho (oʻngda) ukasi Mirzo Mihdiy bilan 1863-yilda Bahoulloh Istanbulga chaqirildi va shu tariqa uning oilasi, jumladan, oʻsha paytda oʻn sakkiz yoshda boʻlgan Abdul-Baho ham 110 kunlik yoʻl davomida unga hamrohlik qildi. Konstantinopolga boʻlgan safar yana bir mashaqqatli safar boʻldi va ʻAbdu’l-Baho bu surgunlarga dosh berishda yordam berardi. Aynan shu yerda uning mavqei bahoiylar orasida yanada yaqqolroq namoyon boʻldi. Bu Bahoullohning Gʻusn Lavhi orqali yanada mustahkamlandiki, unda u doimo oʻgʻlining fazilatlari va mavqeini ulugʻlaydi. Tez orada, oila Adrianopolga surgun qilinadi va Abdul-Baho oilasi bilan birga ketadi. ʻAbdu’l-Baho yana sovuqdan muzlab azob tortadi.

Adrianopolda Abdul-Baho oʻz oilasining, xususan, onasining yagona tasallisi boʻlib hisoblangan. Bu vaqtga kelib Abdul-Baho, Bahoiylar ichida „Ustoz“, bahoiy boʻlmaganlar uchun esa „Abbas Afandi“ („Afandi“ „Janob“ degan maʼnoni anglatadi) deb tanilgan. Aynan Adrianopolda Bahoulloh oʻz oʻgʻlini „Xudoning siri“ deb atagan „Xudoning siri“ maqomi, Bahoiylikka binoan, Abdul-Bahoning Olloh Mazhari emasligini, balki „Abdul-Bahoning shaxsiyatida bir-biriga mos kelmaydigan inson tabiatiga xos boʻlgan qirralarning, gʻayri-insoniy bilim va komillik bilan uygʻunlashib, komilan hamohanglashgani“ .ni anglatadi. Bahoulloh oʻgʻliga yana koʻplab boshqa nomlarni beradi – Gʼhusn-i Aʼzam (maʼnosi „Eng qudratli shox“ yoki „Qudratliroq shox“), „Muqaddaslik novdasi“, „Ahd Markazi“ va Oʻzining koʻz qorachigʻi kabilar. ʻAbdu’l-Baho („Ustoz“) oʻzi va oilasining Bahoullohdan alohida ravishda surgun qilinishi haqidagi xabarni eshitib, ado boʻladi. Bahoiylarning soʻzlariga koʻra, uning shafoati tufayli bu hukm oʻzgartiriladi va oilaning birga surgun qilinishiga ruxsat beriladi

ʻAkko right|thumb| Bahoulloh va uning oilasi joylashgan Akkodagi zindon