Polaroid – 2019-yilda rejissyor Lars Klevberg tomonidan suratga olingan AQSh gʻayritabiiy dahshatli filmi. Ushbu film 2015-yilda suratga olingan xuddi shu nomdagi qisqa metrajli filmga asoslangan. Syujet oʻrta maktab oʻquvchisi Bird Fitcherning hammaga qorongʻu boʻlgan sirlarni saqlaydigan vintage Polaroid kamerasi haqida boradi. Ushbu filmda bosh rollarni Kathyrn Prescott, Samantha Logan, Tyler Young va Javier Botet ijro etgan.

Filmning ssenariysi Blair Butler tomonidan yozilgan, unga Klevberg rejissyorlik qilgan. Asosiy suratga olish ishlari 2017-yil 9-martda Galifaks, Yangi Shotlandiyada boshlangan va 2017-yilning may oyida oʻz yakuniga yetgan. Film 2017-yilning avgust oyida namoyish etilishi kerak edi, biroq bir necha marta boshqa muddatga koʻchirilgan.

Rollarda

Kathyrn Prescott Bird Fitcher rolida Grace Zabriskie Lena Sable rolida Tyler Young Connor Bell rolida Kasey rolida Samantha Logan Javier Botet maxluq sifatida Katie Stevens Avery rolida Madelaine Petsch Sara rolida Priscilla Quintana Mina rolida Davi Santos Tyler Drew rolida Devin rolida Keenan Tracey Mitch Pileggi Sherif Tomas Pembroke rolida Kolton Stevens yosh Pembroke rolida Shauna MacDonald Birdning onasi sifatida Rhys Bevan John Roland Jozeph Sable rolida Emily Power Rebeccaa Jane Sable rolida Linda rolida Erika Prevost

Suratga olish jarayonlari Asosiy suratga olish ishlari 2017-yil 9-martda Yangi Shotlandiyaning Halifax shahrida boshlangan.

Namoyish etilishi Ushbu film dastlab 2017-yil 25-avgustda namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Ammo namoyish vaqti 2017-yilning 1-dekabriga, soʻng 2017-yilning 22-noyabriga koʻchirilgan. Keyinroq esa 2018-yilda chiqarish rejalari bilan jadvaldan olib tashlangan. Vertical Entertainment filmni namoyish etish huquqini olgan va uni 2019-yil 17-sentyabrda VODda, 2019-yil 11-oktyabrda esa tanlangan kinoteatrlarda namoyish etgan. 2020-yilga kelib, film Netflixda ham namoyish etilgan, 2022-yil iyul oyida esa platformadan olib tashlangan.

2018-yil oktyabr oyida Lantern Entertainmen va 13 Films xalqaro distribyutorlik va moliya kompaniyasi Polaroidni xalqaro miqyosda birgalikda namoyish etish boʻyicha kelishuvga erishgan. Film 2019-yil 10-yanvarda Germaniyada Wild Bunch tomonidan ilk bor kinoteatrlarda namoyish etilgan. Film Buyuk Britaniyada esa 2019-yil 1-iyunda taqdim etilgan.

Tanqidiy qabul Rotten Tomatoes saytida film besh sharh asosida 0% maʼqullash reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 2.4/10 ni tashkil qiladi. The Independent xabariga koʻra, u „hayotda yaratilgan eng yomon qoʻrqinchli film“ deb topilgan.

Manbalar

Tashqi havolalar

Turkum:2019-yil filmlari Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2010-yil filmlari