Serbiya milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; ) – Serbiya Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Ushbu bayroq XIX asrdan buyon Serbiya davlati va serb millatining bayrogʻi sifatida ishlatilib kelinmoqda. Bayroqning hozirgi shakli 2004-yilda qabul qilinib, 2010-yilda biroz oʻzgartirilgan„Grb Srbije: Dvoglavi orao menja perje“ (in Serbian).

Bayroq dizayni Bayroqdagi toʻliq ranglar va belgilar Vizantiya bayrogʻidan olingan. Tarixi Serbiya knyazligi 1835–1882 Serbiya qirolligi 1882–1918 Serbiya milliy muvaqqat hukumati 1941–1944 Serbiya sotsialistik Respublikasi 1945–1992 Serbiya Respublikasi 1992–2004 Serbiya Respublikasi 2004–2010}} Serbiya Respublikasi 2010–hozirgacha

Protokol Davlat bayrogʻi Davlat binolarining kirish joylarida doimiy ravishda davlat bayrogʻi hilpirab turadi. Voyvodina, Kosovo va Metoxiya provinsiyalarining muassasalari bayroqni faqat milliy bayramlarda oʻrnatishadi. Shuningdek, u Serbiya uchun muhim voqealarni nishonlaydigan bayramlar va boshqa tantanali tadbirlar paytida va boshqa holatlarda oʻrnatiladi. Motam paytida esa, bayroq ustunning yarim qismiga tushiriladi. Saylov paytida har bir saylov uchastkalarda bayroq oʻrnatilgan boʻlishi shartFamily Law, article 299.

Fuqarolik bayrogʻi Serbiyaning fuqarolik bayrogʻi doimiy ravishda Milliy assambleya, viloyat organlari va davlat xizmatlari markazlarining kirish qismida hilpirab turadi.

Bayroqqa hurmat Davlat bayrogʻi ham, fuqarolik bayrogʻi ham yerga tegib turishi mumkin emas. .

Yomon ob-havo sharoitida bayroq koʻtarilmaydi. Kechki payti esa, bayroq atrofi chiroqlar bilan yoritiladi.

Galereya

Turkum:Davlat bayroqlari Turkum:Serbiya

Manbalar