Xolmat Xurramovich Zokirov (1954-yil 23-avgust, Shoʻrchi tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi (1984), professor. Biografiyasi Xolmat Zokirov 1954-yil 23-avgust Shoʻrchi tumanida tug‘ilgan. 1971—1976-yillarda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olgan. 1989—1994-yillarda Termiz davlat universiteti umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 1994—2002-yillarda umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2002—2011-yillarda Termiz davlat universiteti ekologiya kafedrasi dotsenti, 2011—2018-yillarda ekologiya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2019-yildan Termiz davlat universiteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori. Ilmiy faoliyati Xolmat Zokirov 1984-yilda mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 180 ta ilmiy maqolalar muallifi. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016); „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021); „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017). Manbalar

Turkum:Qishloq xoʻjaligi sohasi olimlari Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Fan nomzodlari Turkum:Professorlar