Dimitriy Kapanadze (, 1975-yil 26-may) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan gruziyalik futbolchi. Bir qancha mamlakatlarning oliy divizionlarining bir qator jamoalaridagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Klub faoliyati Dimitriy Kapanadze professional futbol oʻynashni 1992-yilda Tbilisining „Imedi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1993—1998-yillarda „Tetri Artsiv“ va „ASK Tbilisi“ jamoalarida oʻynagan. 1998—2000-yillarda Kapanadze Gruziya oliy divizionida „Arsenal“ Tbilisi jamoasi tarkibida oʻynagan. 2000—2001-yilgi mavsumda futbolchi Gruziya oliy divizionining yana bir jamoasi Tsnori shahrining „Milan“ klubi safida oʻynagan. Milan jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng 2001-yilda Kapanadze O‘zbekiston oliy ligasi vakili Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida o‘ynagan. „Navabor“ jamoasi bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, 2002-yilgi mavsum boshida Ukraina chempionati vakili Ivano-Frankovskning „Prikarpatie“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Kapanadze 2003-yilni Ukraina birinchi ligasi vakili Ivano-Frankovskning „Prikarpattia“ jamoasida boshlagan boʻlsa va yilning ikkinchi yarmida u Ukraina birinchi ligasining boshqa jamoasi Jitomirning „Polisiya“ jamoasi tarkibida oʻynadi. 2005—2006-yilgi mavsumda Kapanadze Ozarbayjon oliy divizioni „Gyoyazan“ jamoasi tarkibida, 2006—2007-yilgi mavsumda esa Ozarbayjon oliy divizionining boshqa bir jamoasi „Gabala“ tarkibida oʻynagan. Gabala jamoasi safida bir mavsum toʻp surganidan soʻng, faoliyatini yakunlashini aytdi.
Dmitriy faoliyati davomida Gruziya, Ukraina, Oʻzbekiston va Ozarbayjon chempionatlarida 210 ga yaqin uchrashuvda ishtirok etib, 20 ga yaqin gol muallifi boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Dimitriy Kapanadze FootballFacts.ru saytida (rus.) Dimitriy Kapanadze UAF rasmiy saytida Ukrainadagi chiqishlar statistikasi
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:26-mayda tugʻilganlar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:FC Spartak Ivano-Frankivsk futbolchilari Turkum:FC Polissya Zhytomyr futbolchilari Turkum:Goyazan FK futbolchilari Turkum:Gabala SC futbolchilari Turkum:Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar