Mir Hoj (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning zamona ulugʻlaridan boʻlsa-da, ilm olishni tark etmagani, yaxshi sheʼriy tabʼi borligi haqida maʼlumot beradi. Mir Hoj koʻproq qasida janrida shuhrat qozongan, baʼzan gʻazal ham yozib turgan. “Majolis un-nafois”da uning quyi­dagi bayti keltirilgan:Agar dar goʻshai gʻam dur az on siymin badan miram,

Xalal dar kori ishq oyad, hamon roʻze, ki man miram.(Mazmuni: Agar gʻam burchagida ul kumush tandan uzoqlikda oʻlib qolgudek boʻlsam, oʻlgan kunimning oʻzidayoq ishq ishiga xalal yetadi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik