Mirzohid Gʻofurov (; 1988-yil 24-avgust Oʻzbekiston SSR, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, pozitsiyasi boʻyicha himoyachi. Hozirda Bekobodning „Metallurg“ klubi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Mirzohid Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyati Andijonda, boʻyoqchilar klubi „UzdongJu“ klubida boshlagan. Andijonliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan. 2009-yil Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtadi. 2011-yilgi mavsumda Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga borib qoʻshiladi va 4 mavsum davomida „gazchilar“ sharfini himoya qiladi. 2015-yilgi mavsum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubiga Sergey Lushan taklifiga koʻra, qaldirgochlar libosini kiyadi. Yarim mavsum davomida „Bunyodkor“ klubi sharafini himoya qilgan Mirzohid 2015-yil yozgi mavsumida Muborakning „Mash’al“ klubiga qaytadi. Muborakliklar safida 2 mavsum davomida toʻp surgan va 2017-yil sobiq jamoasi „Navbahor“ klubiga qaytgan. Lochinlar sharafini 5 mavsum davomida himoya qilib 2018-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasida bronza medallariga sazovoz boʻlgan. 2022-yilgi mavsumda yangi oʻzgarishlarni boshdan kechirayotgan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Uch mavsum davomida „Neftchi“ klubi tarkibida 64 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2018
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: (1) 2013 Oʻzbekiston PFL kubogi gʻolibi: (1) 2014
Manbalar
Havolalar
Footballfacts.ru Mirzohid Gʻofurov profili Transfermarkt.world Mirzohid Gʻofurov profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Uz DongJu klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari