Tohir Toʻlqinovich Oripov () — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2018-yildan 2025-yilgacha Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, 2025-yildan Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

Mehnat faoliyati 1974-yil 3-oktyabrda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan.

1992—1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.

1996—1997-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xizmat tayyorgarligi va oʻt oʻchirish boʻlimi muhandisi.

1997—2000-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi davlat yongʻin nazorati inspektori.

2000—2001-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi birikmasi katta muhandisi.

2001—2008-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 2-darajali 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadi komandiri.

2008—2009-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi.

2009-yilda — Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2009—2013-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi.

2013—2017-yillarda — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi.

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2018-yil oktyabrdan 2025-yil 29-iyulgacha Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.

2025-yildan buyon Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2022-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.

2019-yil 28-avgustda Mardlik ordeni bilan mukofotlangan.

2026-yil 22-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Yashayotgan insonlar