Tobein (arab. اَلتَّابِعُونَ) so‘zi “izdoshlar” yoki “vorislar” ma’nosini bildirib, islom payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning sahobalariga ergashgan va ularning ta’limotlarini qabul qilib olgan musulmonlar avlodidir . Tobein kamida bitta sahoba bilan uchrashgan bo‘lishi talab qilinadi . Shu tariqa, tobeinlar islom tafakkuri va islom ilmlari rivojida muhim rol o‘ynaganlar.

Musulmonlarning tobeinlardan keyingi avlodi “taba tobein” deb ataladi. Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining dastlabki uch avlodi islomning salaflarini tashkil qiladi.

Tobeinlar ro'yxati Birinchi tobein hijratdan 30 yil o‘tib vafot etgan Zayd ibn Ma’mar ibn Zayd bo‘lsa, oxirgi tobein Xalaf ibn Xalifa bo‘lib, u hijriy 180-yilda vafot etgan. Shu bilan bir qatorda, Xalaf ibn Xalifaning tobeinligi masalasi ba’zi taniqli ulamolar tomonidan qattiq e’tirozga uchraganligi sababli, tobeinlardan eng oxirgisi hijriy

170-yilda vafot etgan Jarir ibn Hozim bo‘lishi mumkin. Tobeinlardan mashhurlari quyidagilar :

Abon ibn Usmon Abbod ibn Abdulloh az-Zubayr Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Hanafiya Abdurahmon al-Avzoiy Abdurahmon ibn Abu Laylo al-Kindiy (vaf. 701) Abu Muslim al-Xavloniy Abu Hanifa (80-150 hijriy) Ahnaf ibn Qays Ali ibn Husayn Zaynulobidin Alqama ibn Qays Amr ibn Usmon Omir ash-Sha’biy Ato ibn Abu Raboh (vaf. 106-hijriy) Hammom ibn Munabbih Hasan ibn Muhammad ibn al-Hanafiya (vaf. 100-hijriy) Hasan Basriy (21-110-hijriy) Ibn Jurayj Ibn Kasir al-Makkiy Ibn Shihob az-Zuhriy (vaf. 124-hijriy) Ibn Sirin Ja’far as-Sodiq Molik Dinor Masruq ibn al-Ajda’ (vaf. 103-hijriy) Muhammad ibn Abu Bakr Muhammad al-Boqir Mujohid ibn Jabr Nofe’ Mavlo Ibn Umar Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr (vaf. 103-hijriy) Said ibn al-Musayyib (vaf. 93-hijriy) Said ibn Jubayr Solim ibn Abdulloh Shayx Habib al-Roi Sulaym ibn Qays Sulaymon al-A’mash Tovus ibn Kayson Ubaydulloh ibn Abdulloh (vaf. 98-hijriy) Umar ibn Abdulaziz Urva ibn Zubayr (vaf. 94-hijriy) Uvays al-Qaraniy Vuhayb ibn al-Vard Yahyo ibn Sa’d (vaf. 143-hijriy) Zayd ibn Ali (vaf. 122-hijriy) An-Naxaiy (vaf. 714) Yana qarang

Salaf Sahobalar Sahobalar roʻyxati Taba tobein Manbalar

Turkum:Islom