Raisa Sharipova (1940-yil 8-yanvarda Sverdlovsk shahrida tugʻilgan) – sharqshunos olima, tarix fanlari nomzodi.
1957-1962-yillar Toshkent davlat universiteti sharq fakultetining arab boʻlimida oʻqidi. 1968-1972-yillar SSSR FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil oldi.
Mehnat faoliyati 1966-1968-yillar SSSRning Afgʻonistondagi savdo vakolatxonasida tarjimon boʻlib ishladi. 1972-yildan boshlab RFA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
Ilmiy faoliyati 1972-yilda mazkur institutning ilmiy kengashida „Rol musulmanskogo universiteta al-Azxar v obщestvenno-politicheskoy jizni OAR“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Olima 50 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi. Shular orasida uning „Rol al-Azxara v obщestvenno-politicheskoy Yegipta (1952-1970 gg)“, „Panislamizm segodnya“, „Konsepsiya natsionalnogo prosveщeniya v musulmanskix stranax“ kabi monografiyalari katta eʼtibor qozongan.
Manbalar
Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar