thumb|200x200px| Nogironlik bayrog‘i nogironlarning huquqlarini ifodalaydi. Xalqaro nogironlar kuni (BMTning boshqa rasmiy tillarida: ingliz: International Day of Disabled Persons, arab: اليوم الدولي للأشخاص ذوي الإعاقة, ‎isp: Día Internacional de las Personas con Discapacidad, xit: 世界残疾人日, fr: Journée internationale des personnes handicapées) – har yili 3-dekabrda nishonlanib kelinadi. BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 47-sessiyasida (A/RES/47/3 rezolyutsiyasi) tashkil etilgan. Bosh Assambleya barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni nishonlashda hamkorlik qilishga chaqiradi.

Keyinchalik, xuddi shu sessiyada (A/RES/47/88-sonli rezolyutsiyada) Bosh Assambleya BMTga a’zo davlatlarda nogironlarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida Xalqaro nogironlar kunini nishonlash tadbirlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

Xalqaro nogironlar kuni mavzulari

1998-yil – ,,San’at, madaniyat va mustaqil hayot tarsi”; 1999-yil – ,,Yangi ming yillikda barcha uchun imkoniyatlar”; 2000-yil – ,,Axborot texnologiyalarini yaratish, barchaga yangi ish o‘rinlarini yaratadi”; 2001-yil – ,,To‘liq ishtirok etish va tenglik: taraqqiyotni o‘lchash va natijalarni baholash uchun yangi yondashuvlarga talab”; 2002-yil – ,,Mustaqil hayot va barqaror daromad”; 2003-yil – ,,Bizning o‘z ovozimiz”; 2004-yil – ,,Biz”siz biz bo‘lmaymiz”; 2005-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari: rivojlanish jarayonidagi faoliyat”; 2006-yil – ,,Elektron ommaviy axborot vositalariga kirish”; 2007-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan insonlar uchun munosib ish’; 2008-yil – ,,Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya: barchamiz uchun qadr-qimmat va adolat”; 2009-yil – ,,Mingyillik rivojlanish maqsadlarini barchamizning maqsadimizga aylantirish: nogironlar va ular yashayotgan jamiyat imkoniyatlarini kengaytirish”; 2014-yil – ,,Barqaror rivojlanish: texnologiya salohiyati”; 2015-yil – ,,Inklyuzivlikning ahamiyati: har qanday qobiliyatga ega bo‘lgan odamlar uchun qulaylik va imkoniyatlar”; 2017-yil – ,, Barqaror jamiyat va butun insoniyat uchun o‘zgarish”; 2018-yil – ,,Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda inklyuzivlik va tenglikni taʼminlash”; 2019-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash – 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish”; 2020-yil – ,,Nogironlar ehtiyojlarini qamrab oluvchi inklyuziv va barqaror pospandemiya dunyosi sari’; 2021-yil – ,,Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash – 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish”.

Havolalar

BMT va nogironlar Kutubxona veb-saytida nogironlar kuni. Hammersheld BMT Bosh kotibining 2002 yildagi xabari BMT Bosh kotibining 2003 yildagi xabari BMT Bosh kotibining 2004 yildagi xabari BMT Bosh kotibining 2005 yildagi xabari BMT Bosh kotibining 2006 yildagi xabari 2007 yilda Xalqaro nogironlar kuni 2008 yilda Xalqaro nogironlar kuni 2009 yilda Xalqaro nogironlar kuni

Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunlari