right|thumb| Xoja Ahmad Yasaviy maqbarasidagi bannaiy g‘ishtlar. Alloh, Muhammad va Ali ismlari moviy g'ishtlarda kufiy yozuvida kavadrat xattotligida tasvirlangan. Fors me'morchilik arxitekturasida banna'i ( "qurilish texnikasi") - devor yuzasida geometrik naqshlar yaratish, muqaddas ismlar yoki iboralarni tasvirlash uchun koshinlar sirlangan oddiy g'ishtlar bilan almashinadigan me'moriy bezak san'ati hisoblanadi. Ushbu uslub VIII-asrda Suriya va Iroqda paydo bo'lib, Saljuqiylar va Temuriylar davrida rivojlanib, Eron, Anadolu va Oʻrta Osiyoga tarqaldi.
Agar relyefda g'ishtning dizayni bo'lsa, u hazarbof deb nomlangan. ( g'ishtlarning teksturali ko'rinishini nazarda tutuvchi xazar "minglab" va baf "tekstura" dan iborat).
Shubhasiz, hazarbof uslubning birinchi darajasi bo'lib, u birinchi marta monoxrom bezakdan foydalanish natijasida relyefli g'ishtlarda paydo bo'lgan. Uning dekorativ xususiyatlarini to'liq va bo'sh joylarning almashinishi ko'rsatadi. Keyingi bosqich sirlangan keramik plitalarning paydo bo'lishi natijasida amalga oshadi. Ular bilan keyingi davrlardagi ko'plab masjidlar, maqbaralar bezatilgan bo'lib, bu geometrik naqshlar yoki kufiy yozuvlari orqali ajoyib bezak o'yimlariga imkon beradi. thumb| Hazarbof to'qish uslubi(orqa fonda), zellige kafel bezak va banna'yi solishtirish.
Rasmlar
Manbalar
Boshqa loyihalar
Tashqi havolalar
Turkum:Forscha soʻzlar va iboralar Turkum:Islom arxitekturasining elementlari Turkum:Temuriylar arxitekturasi Turkum:Eron arxitekturasi