Jackson Alexander Irvine (; 7-mart 1993- yilda Avstraliyaning Melburn shahrida tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, „St. Pauli“ futbol klubi va Avstraliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati Jackson Irvine oʻz faoliyatini „Melbourne Victory“ futbol klubida boshlagan. 2010-yilda u Shotlandiyaning „Celtic“ futbol klubiga oʻtgan va ilk mavsumlarda „Celtic“ futbol klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 2012-yil 1-sentyabrda „Hibernian“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jackson Irvine Shotlandiya premyer ligasida debyut qilgan. Xuddi shu mavsumda u chempion va Shotlandiya kubogi sohibiga aylangan.

2013-yilda Jackson Irvine oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Kilmarnock“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 17-avgust kuni „St Mirren“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 19-oktyabr kuni „Ross County“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jackson Irvine „Kilmarnock“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

2014-yilning yozida Jackson Irvine ijara asosida „Ross County“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 13-sentyabr kuni „Motherwell“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 2015-yil 1-yanvarda „Inverness Thistle“ futbol klubiga qarshi bahsda Jackson Irvine „Ross County“ futbol klubi safida birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilda Avstraliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jackson Irvine Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Salvador, Turkiya va Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yilning 15-oktyabrida Kanadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Jackson Irvine Avstraliya terma jamoasida debyut qilgan. 2017-yilning 28-mart kuni JCh-2018 saralashida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘yinda Jackson Irvine terma jamoadagi ilk golini urgan .

2017-yilda Jackson Irvine Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Kamerun va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2018-yilda Jackson Irvine 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Jackson Irvine Fransiya, Daniya va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Statistika +Jamoa  MavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFrankston Pines2009191———191Celtic2012—201310000000102013—201400000000002014—20150000000000Jami1000000010Kilmarnock (ijara)2013—20142711010—291Ross County (ijara)2014—20152821010—302Ross County2015—20163624051—453Burton Albion2016—201742100020—44102017—2018310020—51Jami45110040—4911Hull City2017—20183423000—3722018—20193860010—3962019—20203521000—362Jami107104010—11210Hibernian2020—20211505110—211FC St. Pauli2021—202228130——3112022—202316320——183Jami44450——494Umumiy faoliyatida317312011310035033

Manbalar

Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:7-martda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Melbourne Victory FC futbolchilari Turkum:Celtic F.C. futbolchilari Turkum:Kilmarnock F.C. futbolchilari Turkum:Ross County F.C. futbolchilari Turkum:Frankston Pines SC futbolchilari Turkum:Burton Albion F.C. futbolchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Hibernian F.C. futbolchilari Turkum:FC St. Pauli futbolchilari Turkum:Shotlandiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:2. Bundesliga futbolchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar