Nikita Igorevich Zaitsev () () (1991-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Nikita Zaitsev hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) jamoasi „Ottawa Senators“ xokkey klubida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati
KHL Nikita Zaitsev „Sibir Novosibirsk“ xokkey klubi tarkibiga Kontinental xokkey ligasining (KHL) 2009-yilgi KHL oʻsmirlar loyihasida birinchi bosqichda toʻrtinchi oʻrinda tanlov asosida qabul qilindi. Nikita Zaitsev bir necha oydan keyin klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nikita Zaitsev „Sibir Novosibrsk“ xokkey klubi safida toʻrt mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Nikita Zaitsev „CSKA Moscow“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Klubdagi oʻyinlari bilan Nikita Zaitsev xalqaro klublar eʼtiborni jalb qila boshladi.
2015-yilning yozidan NHL vakili „Toronto Maple Leafs“ xokkey jamoasi Zaitsevga qiziqa boshladi. Keyingi mavsumning pley-off bosqichida Nikita Zaitsev klubdagi barcha himoyachilardan koʻra koʻproq ochko jamgʻardi.
NHL
Toronto Maple Leafs 2016-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi„Maple Leafs Sign Defenceman Nikita Zaitsev“ . National Hockey League. 2 May 2016. Retrieved 6 October 2016.. Nikita Zaitsev 2-oktyabr kuni klub bilan mavsumoldi ilk oʻyinini „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. qozondi. 2016-yil 12-oktyabrda Zaitsev NHLdagi rasmiy debyutini „Ottawa Senators“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:4 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Nikita Zaitsev NHLdagi birinchi golini 2016-yil 17-dekabrda „Pittsburg Penguins“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2017-yil 2-mayda Zaitsev „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan 31,5 million dollarlik (yillik oʻrtacha qiymati) yangi yetti yillik shartnoma imzoladi.
2017—2018-yilgi mavsumda Zaitsev 2017-yil 17-dekabrda jarohat olib zaxiraga (IR) olindi. Nikita Zaitsev IRga joylashtirilgunga qadar „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan 18 oʻyinda 7 ochko toʻpladi. Nikita Zaitsev 17 ta oʻyinni oʻtkazib yuborganidan soʻng, 2018-yilning 30-yanvarida „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻyin uchun safga qaytdi.
Ottawa Senators 2019-yil 1-iyulda Nikita Zaitsev (Connor Brown va Michael Carcone bilan birga) „Ottawa Senators“ xokkey klubi aʼzolari Cody Ceci, Ben Harpur, Aaron Luchukar evaziga almashtirildi. 2022-yil 18-noyabrda Nikita Zaitsev klubning AHL filialiga yuborildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2008—2009MHC Krylya SovetovRUS.280000300022008—2009MHC Krylya Sovetov-2RUS.4236121824—————2009—2010Sibir NovosibirskKHL400116—————2009—2010Siberian SnipersMHL40112—————2010—2011Sibir NovosibirskKHL3902212400022010—2011Siberian SnipersMHL41230—————2010—2011Zauralie KurganVHL—————402242011—2012Sibir NovosibirskKHL5313428—————2011—2012Siberian SnipersMHL44040—————2012—2013Sibir NovosibirskKHL497111841710182013—2014CSKA MoscowKHL334812184112272014—2015CSKA MoscowKHL57122032311617822015—2016CSKA MoscowKHL468182620204913102016—2017Toronto Maple LeafsNHL824323638400002017—2018Toronto Maple LeafsNHL60581331702222018—2019Toronto Maple LeafsNHL813111418700022019—2020Ottawa SenatorsNHL581111222—————2020—2021Ottawa SenatorsNHL554131726—————2021—2022Ottawa SenatorsNHL62291128—————KHL jami317326395156517172449NHL jami3981984103163180224
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2009-yil Rossiya WJC18 7 1 4 5 14 2010-yil Rossiya WJC 6 6 0 0 0 4 2011-yil Rossiya WJC 6 0 0 0 0 2013-yil Rossiya WC 6 3 1 0 1 0 2016-yil Rossiya WC 10 1 3 4 2 2016-yil Rossiya WCH 4 4 0 2 2 2 2018-yil Rossiya WC 6 8 0 8 8 0 2019-yil Rossiya WC 10 2 2 4 0 Oʻsmirlar safida 19 1 4 5 18 Kattalar safida 35 4 15 19 4
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya xokkeychilari