Arne Friedrich (; 1979-yil 29-mayda Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati Bad Oeynxauzen shahrida tugʻilgan) — nemis futbolchisi, himoyachi.
Klublardagi faoliyati Arne faoliyatini Regional ligadagi „Verl“ futbol klubida boshlagan. U yerda uni Bielefeldning „Arminia“ futbol klubi menejeri Hermann Gerland koʻrgan va uni oʻz jamoasiga qoʻshilishiga taklif qilgan. 2000—2001-yilgi mavsum boshida Friedrich oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolagan. Yangi jamoada Arne tezda asosiy jamoaning oddiy oʻyinchisiga aylangan.
2002-yilning yozida Friedrich poytaxtning „Hertha“ futbol klubi taklifini qabul qilgan. Oʻsha yili yangi jamoa tarkibida Arne kubok yoʻlida „Bayern Munich“, „Borussiya Dortmund“ va „Schalke 04“ futbol klublarini magʻlub etib, Liga kubogi sohibiga aylangan.
2010-yil 2-iyul kuni Friedrich „Wolfsburg“ futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2011-yilning 15-yanvarida Arne yangi jamoa safida „Bayern München“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan.
Friedrich juda koʻp jarohat olgani bois, 2011-yil 19-sentyabrda „Wolfsburg“ futbol klubi himoyachi bilan shartnomani bekor qilib, unga erkin agent maqomini bergan.
Xalqaro faoliyati right|thumb| Arne Friedrich 2012-yil aprel oyida Chikagoda U milliy terma jamoadagi birinchi oʻyinini 2002-yil 21-avgustda Sofiyada oʻtkazgan, oʻshanda nemislar bolgarlar bilan oʻrtoqlik oʻyinida kuch sinashishgan. 2004-yil 21-dekabrda Friedrich Bangkokdagi oʻrtoqlik oʻyinida Tailand terma jamoasini 5: 1 hisobida magʻlub etganida terma jamoa sardori bogʻichini taqib maydonga tushgan.
Friedrich Germaniya terma jamoasidagi ilk golini 2010-yilning 3-iyulida 2010-yilgi Jahon chempionatining chorak finalida, Germaniya — Argentina jamoalari oʻrtasidagi bahsda o‘zining 77-o‘yinida kiritgan. Uchrashuvning yakuniy hisobi 4:0 koʻrinishida boʻlga va nemislar bu uchrashuvda gʻolib boʻlishgan.
Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaArminia Bielefeld1999—20000002000002002000—2001251020000027102001—200222002000002400Jami47106000005310Hertha Berlín2002—2003335410080042542003—2004302331020035332004—2005253700000025372005—2006311131280042232006—2007262040140134222007—2008300220000032022008—2009250110080034012009—201031122005003812Jami2311420162335012821624VfL Wolfsburgo2010—2011150020000017002011—2012000000000000Jami15002000001700Chicago Fire2012231010000024102013000000000000Jami23101000002410Umumiy faoliyatida3161620252335013761824
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar