Tyler Gunara (talaffuzi: Tayler Gunara; 2002-yil 18-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Miku Makita bilan birga 2021-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining kumush va 2022-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Makita / Gunara juftligi 2020-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirgan va 2020-yilgi O‘smirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Gunara 2002-yil 1- avgustda Britaniya Kolumbiyasining Vankuver shahrida tugʻilgan. Faoliyati Tyler Gunara2016-yilning mart oyida Miku Makita bilan ufttlik hosil qilgan. Ularga Britaniya Kolumbiyasining Burnabi shahrida Megan Wing va Aaron Lowe murabbiylik qilgan. 2016 — 2017-yilgi mavsumda Makita / Gunara juftligi yangi konkida uchuvchilar toifasida boʻlib oʻtgan Skate Canada Challenge musobaqasida rekord natija bilan gʻolib chiqqan. Juftlik „2017 Skate Canada BC/YK Section Awards“ taqdirlash marosimida „Ice Dance Youth Promise Award“ mukofoti bilan taqdirlangan.
2017 — 2018-yilgi mavsum Makita / Gunara juftligiSkate Canada Challenge musobaqasida ishtirok etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2018-yilgi Kanada chempionatida bir nechta xatoga yoʻl qoʻyib, Bashynska / Beaumont juftligi ortidan kumush medal sohibiga aylangan. Ularning natijasi ularga birinchi xalqaro topshiriq, 2018-yilgi Egna Dance Trophy turnirida ishtirok etgan Makita / Gunara juftligi rossiyalik Lukinskaya / Angelopol va Bashinska/Beaumont juftligini ortda qoldirib, oʻzining birinchi xalqaro bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2018 — 2019-yilgi mavsum Makita / Gunara juftligi xalqaro miqyosda o‘smirlar darajasiga ko‘tarilgan va 2018-yilgi Lake Placid Ice Dance International musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻzlarining mavsumini boshlagan. Ular 2018-yili Kanadada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Makita / Gunara juftligi Skate Canada Challenge turnirifa ham sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Ular mavsumni 2019-yilgi Kanada chempionatida ishtirok etib, toʻqqizinchi oʻrinni olgan holda yakunlaganlar.
Dasturlari
Miku Makita bilan
MavsumQisqa raqsErkin raqs2022 — 2023 Quizás, Quizás, Quizás Salomé Someone To Say (Reprise) Someone To Say Madly 2021 — 2022 Leave the Door Open September Tangosain Adiós Nonino 2020 — 2021 I Can Hear the Bells You Canʼt Stop the Beat Love Is Worth Fighting For2019 — 2020 I Can Hear the Bells You Canʼt Stop the Beat Donʼt Know How to Love You I’ll Take Care of You
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Miku Makita bilan
Xalqaro Musobaqa 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23 Skate Canada WD Nepela yodgorligi WD Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 8 Olimpiada 5 Kanada 8 Fransiya I 2 Fransiya II WD Polsha 4 AQSh 4 Bavarian Open 5 Egna Cup 3 Lake Placid IDI 2 6 Milliy Kanada chempionati 2 9-J C 3-J SC Challenge 1 1 8-J 3-J 2-J WD WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Figurali uchuvchilar
Turkum:Yashayotgan insonlar