David Petrus Wenceslaus Henri Pröpper (; 1991-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Vitesse Pröpper oʻz faoliyatini mahalliy VDZ havaskorlar klubida boshlagan. 2004-yilda Vitesse akademiyasida oʻtigan. Erediviziyadagi debyutini 2010-yilning 17-yanvarida Stadion de Goffertda NECga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010-yilning 13-aprelida GelreDome stadionida NAC Bredaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushdi. Pröpper 2009—2010-yilgi mavsumda Erediviziyada 11 oʻyin oʻtkazdi.

„Vitesse“dagi ikkinchi mavsumida klubdagi birinchi golini urdi va oʻsha oʻyinda klubi „Ajax“ ga 2:4 hisobida magʻlub boʻldi.

PSV thumb| Pröpper 2015-yilda PSVda oʻynagan 2015-yilning 8-dekabrida Pröpper UEFA Chempionlar Ligasi doirasida CSKA Moskowga qarshi PSVning g‘alaba to‘pini kiritidi. 2015—2016-yilgi mavsumda 10 ta gol urdi.

Brighton & Hove Albion Pröpper 2017-yilning 7-avgustida Premyer-liganing Brighton & Hove Albion klubi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 5 kundan soʻng debyutini oʻtkazdi. „Brighton“ oʻz uyida liga chempioni Manchester Cityga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. EFL kubogidagi debyutini 19-sentyabr kuni AFC Bournemouthga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.

PSVga qaytish 2021-yil 23-iyun kuni PSV nomaʼlum to‘lov evaziga „Brighton“dan sotib olganini eʼlon qildi. PSVda 21-iyul kuni Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Galatasaray“ oʻyiinning (5:1) 63-daqiqasida Marco van Ginkelning oʻrniga maydonga tushdi. Oʻzining birinchi golini 21-avgust kuni SC Kambuur qarshi oʻyinda (4:1) kiritib, hisobni ochdi.

Xalqaro faoliyati Pröpper Gollandiya U19 terma jamoasini 2010-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatiga saralash bosqichida himoya qilgan. 2009-yilning 14-noyabrida Pröpper U19 Oranje tarkibida Kiprga qarshi saralash bahsida maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarVitesse2009—2010Erediviziya11000———1102010—2011Erediviziya29331———3242011—2012Erediviziya19130———2212012—2013Erediviziya14032—40—2122013—2014Erediviziya35720—10—3872014—2015Erediviziya34740———387Jami14218153—50—16221PSV2015—2016Erediviziya331021—811044122016—2017Erediviziya34622—611143102017—2018Erediviziya———20—20Jami671643—162218922Brighton & Hove Albion2017—2018Angliya Premyer-ligasi3504010——4002018—2019Angliya Premyer-ligasi3014010——3512019—2020Angliya Premyer-ligasi3510000——3512020—2021Angliya Premyer-ligasi702020——110Jami107210040——1212PSV2021—2022Erediviziya9100—6010161PSVda umumiy761743—2223110523Jami faoliyati32537296402723138846

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2015 1 0 2016 3 0 2017 4 3 2018 5 0 2019 6 0 Jami 19 3 +Davy Pröpper tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 3-sentyabr Amsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya 6 1—0 3—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 3—1 3 2017-yil 7-oktyabr Borisov Arena, Barishaw, Belarusiya 7 1—0 3—1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari PSV

Erediviziya: 2015—2016 Johan Cruyff Shield: 2015, 2016, 2021

Niderlandiya

UEFA Millatlar ligasi ikkinchi oʻrin: 2018—2019

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar