left|thumb| Kamikurogava, Toyone Yaponiyadagi Aichi prefekturasi, Kitashitara tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktyabr holatiga qishloqdagi 507 ta xonadonda 1031 nafar aholi istiqomat qiladiToyone official statistics , aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 6,61 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 155,88 kvadrat kilometr (60,19 milya) ga teng. thumb|left|Toyone qishloqchasidagi aholining koʻpayish darajasi Geografiyasi Toyone Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Qishloqning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan. Shizuoka prefekturasidagi Sakuma toʻgʻonidan suv ombori qishloqqa qadar choʻzilgan. Shintoyone toʻgʻoni ham Toyone chegaralarida bunyod etilgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar Aichi prefekturasi
Kitashitara tumani Shitara Tōei
Nagano prefekturasi
Shimoina tumani Anan Neba Tenryu Urugi
Shizuoka prefekturasi
Tenryu-ku, Hamamatsu
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraToyone population statistics, Toyone aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida tez kamayib bormoqda.
Iqlimi Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyone shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2192 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 0,9 °C atrofida boʻladiToyone climate data.
Tarixi Toyone qishlogʻi 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda qoʻshni Shizuoka prefekturasidan Sakuma toʻgʻonining koʻtarilishi natijasida Toyonning markaziy qismini suv bosdi hamda qishloq aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini koʻchirishga majbur boʻldi. 2005-yil 27-noyabrda Tomiyama qishlogʻi Toyone bilan birlashtirildi.
Iqtisodiyoti Toyonening asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslanadi. Qishloq gidroenergetika sanoastidan ham daromad oladi.
Taʼlim tizimi Toyoneda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda davlat yuqori maktabi mavjud emas, lekin bitta xususiy yuqori maktab mavjud boʻlib, u Toyohashi shahridagi Sakuragaoka yuqori maktabining filiali hisoblanadi.
Transport
Temir yoʻl Toyone yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 151 Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Aichi prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Toyone (Aichi) Turkum:Yaponiya