Lee Sorochan () (1975-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.

Oʻyin faoliyati Sorochan oʻzining dastlabki faoliyatini 1991-yilda WHLning „Lethbridge Hurricanes“ xokkey jamoasida boshladi. 1992—1993-yilgi mavsumdan soʻng, Lee Sorochan „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 1993-yilgi NHL kirish loyihasida 34-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 1994—1995-yilgi mavsumning oʻrtalarida Lee Sorochan qanot himoyachilari Dmitiri Markovsky va Mark Szoke bilan birga „Saskatoon Blades“ xokkey klubiga vingerlar Kirby Law, Steve Roberts va himoyachi Mike OʻGrady evaziga almashtirildi. Lee Sorochan mavsumni „Saskatoon Blades“ xokkey klubi bilan yakunlaydi va keyinchalik professionalga aylanadi.

Lee Sorochan 1994—1995-yilgi WHL pley-off bosqichi yakuniga etganidan soʻng professional sifatida „New York Rangers“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Binghamton Rangers“ xokkey jamoasida oʻynadi. Lee Sorochan 1995—1996-yilgi mavsumda „Binghamton Rangers“ xokkey klubi safida harakat qildi. Ushbu mavsumda Lee Sorochan klub safida 45 oʻyin oʻtkazib, 10 ochko toʻpladi„Lee Sorochan“. EliteProspects.com. Retrieved 24 July 2020.. Keyinchalik, „New York Rangers“ xokkey klubi oʻz nomini „Hartford Wolf Pack“ deb oʻzgartirdi. Sorochan jamoada qoldi va 1997-1998-yilgi mavsumda klubda 73 oʻyinda 18 ochko jamgʻardi.

1999-yil 23-martda Sorochan himoyachi Chris OʻSullivan evaziga „Rangers“ klubi tomonidan „Calgary Flames“ xokkey klubiga almashtirildi. Lee Sorochan yangi klub safidagi ilk oʻyinini toʻrt kundan keyin „Phoenix Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

Lee Sorochan 2002—2003-yilgi mavsumda Buyuk Britaniyaning „Belfast Giants“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shimoliy Irlandiyadagi faoliyati davomida u 31 o‘yinda 16 ochko to‘pladi. Biroq keyinchalik, Lee Sorochan ko‘zidan jarohat oldi. Natijada u pley-off finalini o‘tkazib yubordi. Bu finalda „Belfast Giants“ klubi „London Knights“ klubini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Lee Sorochan 2003—2004-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, ECHLning „Long Beach Ice Dogs“ jamoasi safida 63 oʻyin oʻtkazib, 21 ochko jamgʻardi. Keyinchalik Lee Sorochan professional xokkeydan nafaqaga chiqdi.

Yutuqlar

Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining oltin medali (1995) Britaniya chempioni (2003)

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1990—1991Sherwood Park Flyers Bantam AAAAMBHL3410172746—————1991—1992Lethbridge HurricanesWHL672911155502261992—1993Lethbridge HurricanesWHL69832402084011121993—1994Lethbridge HurricanesWHL46527321239437161994—1995Lethbridge HurricanesWHL294151993—————1994—1995Saskatoon BladesWHL24513186310369341994—1995Binghamton RangersAHL—————8000111995—1996Binghamton RangersAHL45281026100001996—1997Binghamton RangersAHL77427311604022181997—1998Hartford Wolf PackAHL737111819713022511998—1999Fort Wayne KometsIHL4501010204—————1998—1999Hartford Wolf PackAHL1602233—————1998—1999Calgary FlamesNHL20000—————1998—1999Saint John FlamesAHL313447336291999—2000Calgary FlamesNHL10000—————1999—2000Saint John FlamesAHL60437411243213122000—2001London KnightsBISL813448—————2000—2001JokeritLiiga1600018—————2001—2002Eisbären BerlinDEL48066884022182002—2003Belfast GiantsBISL31212149912123492003—2004Long Beach Ice DogsECHL6331821137—————NHL jami30000—————AHL jami2741888106544365813121

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Kanadalik sportchilar Turkum:Kanada profissional xokkeychisi