Roy Johannes Henricus Beerens (; 1987-yil 22-dekabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot himoyachisi.
Klublardagi faoliyati
PSV Gollandiyaning Bladel shahrida tugʻilgan Beerens PSV yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2005—2006-yilgi mavsumda ikkinchi jamoa Jong PSVga oʻtgan va birinchi jamoa bilan doimiy shugʻullandi. Kolumbiyaning Once Caldas klubiga qarshi oʻyinda Beerens ilk marta asosiy tarkibga kiritildi. 2006-yilning 25-martida PSV safidagi rasmiy debyutini Villem II qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazdi. Beerensning PSVning asosiy jamoasidagi birinchi rasmiy goli 2006-yil 15-oktabrda Roda JCga qarshi uchrashuvida kiritilgan.
NEC (ijara) 2006-yil 30-dekabrda PSV dan NEC klubiga olti oylik ijara asosida qoʻshildi. NECda Vitessega qarshi derbida gol urdi.
Heerenveen 2007-yil iyul oyida Beerens Heerenven bilan uch yillik shartnoma imzolashga qaror qildi. 2009-yilning may oyida Beerens Heerenveen bilan shartnomani 2013-yilning yozigacha uzaytirdi.
AZ 2011-yilning avgustida Beerens Heerenveendan AZ Alkmaarga toʻrt yillik shartnoma asosida oʻtdi.
Hertha BSC 2014-yilning 11-iyulida Germaniyaning Herta BSC klubi Roy Beerens bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Birinchi golini 2014-yil 16-avgustda Viktoria Kölnga qarshi o‘yinda (4:2) kiritdi.
Reading 2016-yilning 16-iyulida Beerens Reading bilan nomaʼlum to‘lov evaziga uch yillik shartnoma imzoladi. 2016-yil 9-avgust kuni Plymouth Argylega qarshi kechgan EFL kubogida (2:0) „Reading“ safidagi ilk golini kiritdi.
2018-yilning 31-yanvarida Beerens Erediviziyaga qaytib, Vitesse bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2020-yil 24-dekabrda futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati thumb| Beerens 2008-yilda Gollandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan mashgʻulotlarda 2007-yilda Gollandiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Foppe de Haan Beerensni 2007-yilda Niderlandiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatiga terma jamoaga taklif qildi.
Beerens 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Gollandiya terma jamoasi safida ham oʻynagan. Birinchi marta milliy terma jamoaga 2010-yilning avgust oyida Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPSV Eindhoven2005—2006Erediviziya2000-0000202006—2007Erediviziya7110-2000101Jami9110002000121N. E.C. (ijara)2006—2007Erediviziya14200--40182Heerenveen2007—2008Erediviziya28620-00403462008—2009Erediviziya29962-50-40112009—2010Erediviziya29420-60103842010—2011Erediviziya28610---296Jami11425112001305014327AZ Alkmaar2011—2012Erediviziya26340-120-4232012—2013Erediviziya34550-20-4152013—2014Erediviziya33540-13010515Jami9313130002701013413Hertha BSC2014—2015Bundesliga27421---2952015—2016Bundesliga2010---30Jami29431000000325Reading2016—2017Championship4061021--4372017—2018Championship1722010-00202Jami57830310000639Vitesse2017—2018Erediviziya12100-00401612018—2019Erediviziya16120-41-2222019—2020Erediviziya2000---20Jami30220-4140403Jami faoliyati346553433146114044360
Xalqaro Niderlandiya Yil Ishtirok Gollar 2010 1 0 2011 1 0 Jami 2 0
Yutuqlari
Klub PSV
Erediviziya: 2005—2006
Heerenveen
KNVB kubogi: 2008—2009
AZ
KNVB kubogi: 2012—2013
Manbalar
Izohlar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilari