Karina Gamadeyeva (2007-yil 5-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, U20 terma jamoasi hamda ayollar chempionatining Bunyodkor klubi Himoyachisi
Klubdagi faoliyati
OKMK Karina Gamadeyeva katta futboldagi faoliyatini 2023-yilda Toshkent viloyatining OKMK jamoasida boshlagan. Ushbu jamoa tarkibida 2023 va 2024-yilgi mavsumlarda harakat qilgan. 2024-yil jamoasi bilan birga Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasida vitse-chempionga aylangan.
Lokomotiv Karina 2025-yilgi mavsumni Toshkent shahrining Lokomotiv jamoasida oʻtkazdi. Mavsum davomi „temiryoʻlchilar“ safida 20 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Bunyodkor Gamadeyeva 2026-yilning 1-yanvar sanasida Toshkentning Bunyodkor klubiga koʻchib oʻtdi.
Yutuqlar Oʻzbekiston Ayollar oliy ligasi vitse-chempioni: 2024
CAFA U-15 chempionati: 2022
CAFA U-17 chempionati: 2023 Manbalar