Marian Vasyliovych Shved (1997-yil 16-iyulda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Donetskning „Shakhtar“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Karpaty Lviv Lviv viloyatining Nikolayv shahrida tugʻilgan Shved Karpaty Lviv maktabiga yetti yoshida qoʻshilgan. Birinchi murabbiyi Vasyl Leskiv boʻlgan.
Shved Karpatydagi debyutini 2015-yilning 1-mart kuni Ukraina Premyer-ligasi doirasidagi Donetskning „Metalurh“ klubiga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazdi. 26-aprel kuni „Olimpik Donetsk“ bilan uchrashuvda (4:1) oʻzining birinchi golini kiritdi.
Sevilla 2015-yilning 5-avgustida, endigina 18 yoshida Shved Ispaniyaning Sevilla klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
2015-yilning 30-sentyabrida UEFA Yoshlar Ligasining guruh bosqichida Juventusga qarshi oʻyinda oʻyinning yagona golini kiritdi.
2015-yilning 4-oktabr kuni Shved „Sevilla Atlético“ va UD Marbella uchrashuvida debyutini o‘tkazdi.
Karpaty Lvivga qaytish Shved 2017-yilda Karpaty LvIvga qaytdi.
2019-yil mart oyida (shuningdek, 2018-yilning sentyabr va noyabr oylarida) UPL oyining eng yaxshi futbolchisi boʻlgan. Shved 2018—2019-yilgi mavsumni 26 ta o‘yinda 15 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan yakunlagan.
Celtic 2019-yil yanvar oyida Shotlandiya premyer-ligasining Celtic klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi.
Mechelen 2020—2021-yilgi mavsumda Shved Belgiyaning birinchi divizioni A vakili Mechelenda ijarada oʻynadi. 2021-yil iyul oyida uch yillik shartnoma tuzdi .
Shakhtar Donetsk 2022-yilning 1-sentabrida Shved oʻz vatani Ukrainaga qaytib, Donetskning „Shakhtar“ klubiga besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi . 6-sentabr kuni Chempionlar ligasidagi debyutini RB Leipzigga qarshi uchrashuvida oʻtkazdi, klub 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Xalqaro faoliyati Shved 16 yoshgacha boʻlgan va 19 yoshgacha boʻlgan Ukraina terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2018-yilning 20-noyabr kuni Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, 77-daqiqada Viktor Tsxankovning o‘rniga maydonga tushib, milliy terma jamoada debyut qilgan.
Shaxsiy hayoti Shved — sobiq futbol hujumchisi Vasyl Shvedning toʻngʻich oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokUEFA Chempionlar LigasiUEFA Yevropa LigasiSuper kubokJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarKarpaty Lviv2014—2015Ukraina Premyer-ligasi102000000001022015—2016200000000020Total12200000000122Sevilla Atlético2015—2016Segunda División B1000000000102016—2017Segunda División000000000000Total100000000010Karpaty Lviv2017—2018Ukraina Premyer-ligasi186000000001862018—20192414210000002615Total4220210000004421Celtic2019—2020Shotlandiya Premyer-ligasi1010110000312020—2021Shotlandiya Premyer-ligasi000000000000Total101011000031Mechelen (ijara)2020—2021Belgiya birinchi divizioni A22421000000245Mechelen2021—2022Belgiya birinchi divizioni A322310000003532021—2022Belgiya birinchi divizioni A300000000030Total35231000000383FC Shakhtar Donetsk2022—2023Ukraina Premyer-ligasi100012000022Jami faoliyati114288323000012434
Terma jamoa +MavsumTerma jamoaIshtirokGollar2012Ukraina U16412015—2016Ukraina U191452016—2018Ukraina U211222018—Ukraina20
Manbalar
Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar