left|thumb|270x270px|Komoro qal’asi darvozasi Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 18776 ta xonadonda 42 489 nafar aholi istiqomat qilganKomoro City official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 430 kishidan toʻgʻri keladi. Uning umumiy maydoni 98,55 kvadrat kilometr (38,05 mi²) ga teng.
Geografiyasi Komoro sharqiy Nagano prefekturasi hududida joylashgan. Chikuma daryosi shaharning janubiy va gʻarbiy qismidan oqib oʻtadi. Baʼzi soʻngan vulqon togʻlari Komoro va qoʻshni Tsumagoi shahri oʻrtasida qad rostlagan. Komoroning eng baland nuqtasi Kurofu togʻi (ja) hisoblanadi. Uning choʻqqisi dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Eng past nuqtasi esa dengiz sathidan baladlikka ega. Eski shahar markazi taxminan balandlikda oʻrnashgan. Togʻ yonbagʻirlari koʻp, shuning uchun Komoro „tepalikli shahar“ nomi bilan ham mashhur.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Saku Tomi Miyota Gunma prefekturasi Tsumagoi
Iqlimi Komoro dengizdan uzoqda va togʻlar bilan oʻralgan hududda joylashgan, shuning uchun yogʻingarchilik kamroq va kunlik harorat oraligʻi Yaponiyaning koʻp joylariga qaraganda yuqoriroq hamda Komoroning oʻrtacha yillik harorati baland boʻlganligi sababli havo nisbatan iliqroq boʻladicity website Environment White Paper 2017 (in japanese). Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Komoroda oʻrtacha yillik harorat 10,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1108 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,7 °C atrofida boʻladiKomoro climate data.
Tarixi
Tarixiy Komoro Hozirgi Komoro hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Milliy marshrutlardan biri boʻlgan Tosandō Komorodan oʻtgan, u Umaya (ján) yoki hukumat amaldorlari va armiya uchun pochta stansiyasi joylashgan. Biroq, „Komoro“ nomi yozma tarixda birinchi marta Kamakura davri xronikasi Azuma Kagamida uchraydi. Shu kunlarda syogunat tomonidan hududni boshqarish uchun tayinlangan gokenin Komoro Taro Mitsukan Muromachi davrida mintaqa Ogasavara Oi sulolasining nazorati ostiga oʻtgan. Sengoku davrida hudud juda notinch tarixga ega boʻlgan. Edo davrida hududning katta qismi Tokugava syogunatiga qarashli Komoro domenining nazorati ostida boʻlgan va shahar Komoro qal’asi atrofida jokamachiga aylantirilgan.
Meiji davri va undan keyin Zamonaviy Komoro shahri 1889-yil 1-aprelda Meiji davri munitsipalitetlari tizimining tashkil etilishi bilan bunyod etilgan. Komoro shahri 1954-yil 1-fevralda Kavabe, Kitaoi va Osato qishloqlarini (barchasi Kitasaku tumanidan) oʻziga qoʻshib oldi. Komoro shahri 1954-yil 1-aprelda Minamioi va Mitsuoka qishloqlarini (ikkalasi ham Kitasaku tumanidan) oʻzlashtirgandan soʻng tashkil etilgan. 1959-yil 1-aprelda Tobu shahrining bir qismi (hozirgi Tomi shahrining bir qismi) Komoroga birlashtirildi va shu vaqtdan buyon shahar hududi oʻzgartilmadi. Demografiyasi Yaponiyaning aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraKomoro population statistics, Komoro aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan va shundan beri bir oz kamaygan. Hukumat Komoro shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 19 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Iqtisodiyoti Komoro mintaqaviy savdo markazi boʻlib, asosan guruch, sabzavot va meva yetishtirishga asoslangan qishloq xoʻjaligiga tarmogʻiga ega. Komoroda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari orasidan kartoshka, soba, olma va shaftoli kabilar ayniqsa mashhur. Komoroda koʻplab soba restoranlari va olma bogʻlari bor, shuning uchun u yerga Shutokendan koʻplab mehmonlar tashrif buyurishadi. Komoro, shuningdek, ham bilan mashhur.
Taʼlim tizimi Komoroda oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi ham mavjud.
Transporti
Temir yoʻl
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Koumi liniyasi Misato — Mitsuoka — Otome — Higashi-Komoro — Komoro 22x22px Shinano temir yoʻli — Shinano temir yo'l liniyasi Hirahara — Komoro Nunobiki elektr temir yoʻli (ja) (1936-yilda harakat toʻxtatilgan) Nunobiki — Oshidashi — Hanakava — Komoro
Magistral yoʻl
link=|alt=E18|24x24px Joshin-etsu tezkor yoʻli link=|alt=E52|24x24px Chubu-Odan tezkor yoʻli Milliy yoʻnalish 18 Milliy yoʻnalish 141 Milliy yoʻnalish 142 Milliy yoʻnalish 403
Qardosh shahar munosabatlari Komoro bilan birodarlashgan shaharlar :
Nakatsugava, Gifu, Yaponiya (1973) Ōiso, Kanagava, Yaponiya (1973) Namerikava, Toyama, Yaponiya (1974)
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Kaikoen, Komoro markazidagi park, Komoro qal’asi poydevori, shuningdek, Shimazaki Tosonga bagʻishlangan muzey (pastga qarang) va hayvonot bogʻi (ja). Qal’aning uchinchi darvozasi (Sanʼnomon) va toʻrtinchi darvoza (Otemon) Kyu Komoro Honjin (ja) kabi Yaponiyaning muhim madaniy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kaikoen olcha gullari bilan mashhur va Yaponiyadagi 100 ta gilos gullarini koʻrish manzilgohlaridan biri sifatida tanlangan (ja). Nunobikisan Shakuson-ji (Nunobiki-Kanʼnon) (ja), chuqur jarning tepasida joylashgan eramizning 748-yiliga (Nara davri) oid buddistlar ibodatxonasi. Kanʼnondo Kūden — saqlanib qolgan eng qadimgi bino 1252-yilda qurilgan va muhim madaniy mulk hisoblanadiさわやか信州旅.net 釈尊寺観音堂宮殿 By Nagano Tourism Organization . Aprel oyida Shidare zakura (ja) ni ham koʻrish mumkinさわやか信州旅.net 布引観音の桜 By Nagano Tourism Organization . Takamine (ja), faol vulqon yaqinidagi Asama togʻi va Kurofu togʻida Komorodan tepaga 30 daqiqalik masofada sayohat qilish manzilgohi hisoblanadi. Shuningdek, qishda changʻi sportidan bahramand boʻlish uchun koʻplab sayyohlar tashrif buyurishadi va u yerda barcha fasllarda Onsen bulogʻi faol ishlab turadi. Teranuchi tosh davri xarobalari, Jomon davriga oid turar-joy izlari boʻlib, milliy tarixiy joy hisoblanadi
Taniqli shaxslar
Tōson Shimazaki, shoir va yozuvchi. Toson bir muddat Komoroda dars bergan. Komoroning Kaikoen bogʻida shoirning maxsus uy-muzeyi joylashgan. Sodo Yokoyama , 1980-yilgacha Komorodagi Kaikoen bogʻida zohid boʻlib yashagan nay ustasi. Yokoyama Komoroda yashovchi shoir va yozuvchi Shimazaki Tosondan ilhomlangan. Yokoyama haqidagi shaxsiy xotiralar uchun Artur Bravermanning maqolasiga qarang. Shuichi Abe, Nagano prefekturasining hozirgi gubernatori. U oilasi bilan 2014-yildan beri Komoroda istiqomat qiladiThe talk with governor Abe | Community Television Komoro(in japanese). Kuniaki Kobayashi, AJPW va NJPW uchun oʻynovchi yaponiyalik professional kurashchi. U Naganoning Komoro shahrida tugʻilib oʻsgan. Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt Komoro sayyohlik veb-sayti 「小諸で待ってる」(Komor turizm byurosi reklama videosi) (inglizcha subtitrlar qoʻshilgan)
Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharlar Turkum:Komoro (Nagano)