Anass Achahbar (; 1994-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, I Liganing Sepsi OSK jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Feyenoord Gaagada tugʻilgan Achahbar „Feyenoord“ bilan professional debyutini 2011-yilning 28-avgustida oʻtkazdi (2:2).
Achahbar „Feyenoord“dagi birinchi golini UEFA Yevropa ligasi saralashining birinchi oʻyinida De Kuipda „Sparta Praga“ga qarshi oʻyinning 93-daqiqasida kiritdi, bu gol tufayli „Feyenoord“ 2:2 hisobida durang bilan qaytdi.
Arminia Bielefeld (ijara) 2013-yilning 22-avgustida Achahbar mavsum oxirigacha Arminia Bielefeldga ijaraga yuborildi. Klubda 2. Bundesligada 11 oʻyin oʻtkazdi. Ijaraga olingandan soʻng, 2014—2015-yilgi mavsumda „Feyenoord“ga qaytdi.
PEC Zvolle 2016-yil 21-may kuni Achahbar Eredivizionning PEC Zwolle jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi mavsumida jami 20 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
NEC (ijara) 2017-yil 28-iyun kuni Achahar ikkinchi darajali Eerste Divisie klubi NECga ijara asosida qoʻshildi. 2017-yilning 8-sentyabrida Den Boschga qarshi oʻyinda (3:0) debyut qildi. 65-daqiqadan soʻng Janio Bikel oʻrniga maydonga tushgandi. Klubdagi ilk faoliyat yilida bir qancha jarohatlar oldi. Oyogʻiga beshta chok qoʻyildi, barmogʻi sindi va yelkasidan jarohat oldi. 24-noyabr kuni „Jong Ajax“ga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi. 27-noyabr kuni Telstar darvozasiga mavsumdagi ilk golini urdi. 22-dekabr kuni faoliyatidagi ilk xet-trikini „Jong AZ“ga qarshi oʻyinda qayd etdi (7:2). Keyingi oʻyinda — Go Ahead Eagles qarshi bahsda (5:1 gʻalaba) yana bir xet-trik qayd etdi.
2019-yilning yozida Achahbar PEC Zvollega qaytdi, ammo PEC Zvolle va Achahbar davom etayotgan shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi.
Dordrecht Dordrecht bilan uch hafta shugʻullanganidan soʻng, 9-sentyabr kuni 2019—2020-yilgi mavsum uchun klubga qoʻshildi. 16 ta oʻyinda maydonga tushdi, toʻrt oydan soʻng klubni tark etdi.
Sepsi OSK 2020-yilning 18-yanvarida Achahbar Liga I vakili „Sepsi OSK“ bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Klubda KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarFeyenoord2011—2012Eredivisie7021——912012—2013702021—1112014—20151240020211652015—20167200——72Jami336414121439Arminia Bielefeld (ijara)2013—20142. Bundesliga11100——111Jami11100——111PEC Zwolle2016—2017Eredivisie19011——201Jami19011——201NEC (ijara)2017—2018Eerste Divisie251510—2228172018—201920721—00228Jami452231—225025Dordrecht2019—2020Eerste Divisie14123——164Jami14123——164Sepsi OSK2019—2020Liga I14043——1832020—202128210—103022021—20221722020—2122022—20236110100081Jami655833010778Jami faoliyati18735189715321748
Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirokGollar2008—2009Niderlandiya U15412009—2011Niderlandiya U171262011—2013Niderlandiya U1919132013—2015Niderlandiya U2021
Yutuqlari
Klub Feyenoord
KNVB kubogi : 2015—2016
Sepsi OSK
Kupa Romaniei : 2021—2022 Romaniei Superkubogi : 2022
Niderlandiya U17
17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati: 2011-yil
Individual
2011-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining turnir jamoasi 2013-yil 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati „Oltin butsa“: 2013
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar