Zafar Ulugʻbekovich Allabergenov (1989-yil 30-iyunda Urganchda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sambochi, jangovar sambo boʻyicha Jahon kubogi chempioni, 3 karra Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari chempioni, 3 karra Oʻzbekiston chempioni. Sambo boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
Tarjimai hol Zafar Allabergenov Urganch shahrida tugʻilib oʻsgan. Millati oʻzbek. 5 yoshida otasi samboga olib borgan.
Sambo boʻyicha SSSR chempioni Rahim Masharipov qoʻl ostida shugʻullanadi.
2010-yilda jangovar samboga oʻtgan.
2013-yilda sambo boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi unvonini olgan.
2017-2021yillarda Urganch davlat universiteti jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan.
Sport yutuqlari
Jangovar sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2019 – ; Jangovar sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2017 – ; Jangovar sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2015 – ; Jangovar sambo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 2013 – ; Sambo boʻyicha Osiyo chempionati 2017 – ; Sambo boʻyicha Osiyo chempionati 2016 – ; Sambo boʻyicha Osiyo chempionati 2015 – ; Sambo boʻyicha Osiyo chempionati 2013 – ; Osiyo oʻyinlari 2017 – ; Sambo boʻyicha Jahon kubogi „A. Xarlampiev xotirasi“ 2019 – ; Baykal Combat SAMBO Cup 2019 – ; Belarus Respublikasi Prezidenti sovrinlari uchun xalqaro turnir 2020 – ; Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti sovrinlari uchun xalqaro turnir 2017 – ; Sambo boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi.
Mukofotlari
2017-yilda,,Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2018-yil,,Mard oʻgʻlon" Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:30-iyunda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston sambochilari