Mona Abul-Fadl (1945-2008) — zamonaviy Gʻarb tafakkuri va ayollarga oid bilimlar boʻyicha olima. Uning faoliyati Xalqaro Islom Tafakkuri Instituti (IIIT) va keyinchalik Cordoba University deb nomlanuvchi universitet bilan bogʻlangan. Uning ilmiy qiziqishlari siyosiy nazariya, qiyosiy siyosat, Islom va Yaqin Sharq, epistemologiya va feministik ilmiy izlanishlarni oʻz ichiga olgan.

Hayoti Abul-Fadl 1945-yilda Qohirada tugʻilgan boʻlib, shifokor, xayriyachi va ijtimoiy faol insonlar Zahira Abdin va Munʼim Abul-Fadlning qizidir. U bolaligining koʻp qismini London va Misr shaharlari oʻrtasida oʻtkazdi. U London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabida doktorlik darajasini oldi va Qohira universitetining toʻlaqonli professori boʻldi. U Virjiniya shtatining Norfolk shahridagi Old Dominion universitetida Fulbright olimi va Xalqaro Islom Tafakkuri Instituti jamoasiga (IIIT) qo‘shilishdan oldin Fransiyaning Aix-en-Provence shahridagi O‘rta Yer dengizi jamiyatlarini tadqiq qilish va o‘rganish markazida (CRESM) almashinuv olimi bo‘lgan).

IIIT asoschisi Ismaʼil Raji al-Faruqi va uning rafiqasi Lois Lamyaʼ al-Faruqi islom va gʻarb intellektual epistemologiyalarini bogʻlashda Abul-Fadl izlanishlarining muhimligini tan oldilar. Ular Abul-Fadlni IIIT ilmiy xodimi sifatida ishga yollashga kirishdilar, ammo ularning harakatlari ular 1986-yilda oʻldirilganlaridan keyin amalga oshmay qoldi.

Abul-Fadlning IIIT tadqiqoti "Where East Meets West: Reviewing an Agenda, and Contrasting Epistemics“ nomli hali nashr etilmagan qoʻlyozma bilan yakunlandii. IIIT bilan ilmiy aloqasi davomida u turmush oʻrtogʻi, islom huquqshunos olimi va Shimoliy Amerika Fiqh kengashining sobiq prezidenti Taha Jobir Al-Alvoniy bilan uchrashdi Hadia Mubarak, Under the Shade of an Oak Tree, a Pioneering Female Scholar Rests in Peace .

1999-yilda u Qohirada Association for Women and Civilization Studies (ASWIC) nomli notijorat tashkilotga asos solgan. ASWIC tarixiy tadqiqotlar oʻtkazish, akademik izanishlarni targʻib qilish va seminarlar va oʻquv dasturlarini tashkil etish orqali musulmon ayollarning tarixdagi oʻrni, roli va mavqei haqida xabardorlikni oshirishni maqsad qilgan Association for Women and Civilization Studies.

Mona Abul-Fadl 2008-yil 23-sentyabrda koʻkrak saratoni bilan 2 yildan ortiq kurashganidan soʻng vafot etdiDr Mona Abul-Fadl passed away, Life Thru Dusty Lenses, September 24, 2008..

Maqolalar va tezislar

Paradigms in Political Science Revisited : Critical Options and Muslim Perspectives The Enlightment Revisited : a Review Eassy Contemporary Social Theory-Tawhidi Projections-part1 Contemporary Social Theory-Tawhidi Projections-part2 Foundation of Islam : the Islamic View of Man Rethinking Culture, Rethinking the Academy : Tawhidi Perspective Revisiting the Women Question : an Islamic Perspective Beyond Culture Parodies and Parodizing Cultures : Shaping A Discourse Community, Justice and Gihad : Elements of the Muslim Historical Consciousness Squaring the Circle in the Study of the Middle East: Islamic Liberalism Reconsidered

Havolalar

Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar