Anton Sergeyevich Mayeranov (1984-yil 18-dekabda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Mayeranov Toshkentning „Traktor“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Mayenarov 17 yoshida Oliy ligada Traktor jamoasining asosiy tarkibida debyut qilgan. 2005-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasining boshqa bir ishtirokchisi, liga debyutanti „Shoʻrtan“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2006-yilgi mavsumda Traktor klubi tarkibiga qaytgan.
2007-yilgi mavsumda Qashqadaryo viloyatining boshqa bir jamoasi, Muborakning „Mash’al“ klubi tarkibiga oʻtgan. Muosborak klubi safida rasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan va asosan oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2007-yilgi mavsum soʻngida „Mash’al“ jamoasi Oʻzbekiston oliy ligasida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan va Anton bronza medal egasi boʻlagan. Mayenarov 2008-yilgi mavsumda Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va ikki mavsum davomida Navoiy viloyati jamoasida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasidagi soʻngi mavsumini oʻtkazgan.
2010-yilda u Rossiyada Ikkinchi divizionda oʻynagan „Lokomotiv-2“ da oʻynagan.
Milliy terma jamoa 2004-yilda Anton Mayenarov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Afro-Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. Anton terma jamoa bilan birgalikda oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2007-yil
Manbalar
Havolalar
Anton Mayeranov Footballfactsru saytida
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv-Kazanka futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar