Lontrell Donell Williams Jr. (1999-yil 8-noyabrda tugʻilgan), Pooh Shiesty nomi bilan mashhur, amerikalik reper. U egasi Gucci Mane hisoblangan 1017 Records, keyinchalik Atlantic Records bilan shartnoma imzolagan. U 2020-yilda reper va leybldagi boshqa reperlar bilan hamkorligi tufayli shuhrat qozondi. U 2020-yilda Lil Durk ishtirokidagi „Back in Blood“ duet singli bilan mashhur boʻldi. Shiesty 2021-yil 5-fevralda AQSh Billboard 200 roʻyxatida 3-oʻrinni egallagan „Shiesty Season“ debyut miksteypini chiqardi. Shiesty nomini marhum akasi bergan va bu uning bolalikdagi „Mr. Pooh“ laqabidan kelib chiqqan.

Yoshlik

Shiesty Tennessi shtatining Memfis shahrida oʻsgan. U ikki yil davomida Texasda yashadi. U 18 yoshida musiqaga eʼtibor qarata boshlagan.

Karyera

Pooh Shiesty oʻz karyerasini 2019-yil 15-martda chiqqan debyut singli „Hell Night“ bilan boshladi, keyin esa 2019-yil 19-fevralda musiqani rasmiy videosi chiqdi. „Shiesty Summer“ singli besh oydan soʻng, 2019-yil 20-avgustda chiqarildi.

2020-yil 11-martda Shiesty „At It Again“ singlini, toʻrt kundan soʻng esa „Main Slime“ singlini chiqardi. Shiesty 2020-yil 3-iyunda musiqiy video bilan birga „ABCGE“ singlini chiqardi.

Shuningdek, 2021-yilda u XXL Freshman Class-da rep ijro qilgan.

Huquqiy masalalar

2020-yil 13-oktabrda Pooh Shiesty Florida shtatidagi Bay Harbor orollarida otishma sodir etganlikda ayblanib hibsga olingan. Unga qurolli talonchilik, ogʻirlashtirilgan hujum va jinoiy oʻgʻirlik kabi bir qancha ayblovlar qoʻyilgan. U oʻsha kuniyoq hibsdan ozod etilgan

Sanʼatkorlik

Pooh Shiestyga Chief Keef, Kodak Black va Lil Wayne taʼsir koʻrsatadi.

Diskografiya

Albomlar +NomAlbom detallarChartdagi oʻrni US USR&B/HH US Rap So Icy Summer Chiqarilgan: 3-iyul, 2020 Leybl: GUWOP, Atlantic Records291919 So Icy Gang, Vol. 1 Chiqarilgan: 16-oktyabr, 2020 Leybl: GUWOP, Atlantic462625

Miksteyplar Nom Albom detallar Chartdagi oʻrni Sertifikatlar US USR&B/HH CAN Shiesty Season Chiqarilgan: 5-fevral, 2021 Leybl: Atlantic Records, 1017 Records 3 2 31 RIAA: Platinum

Mukofotlar va nominatsiyalar MukofotYilNominatsiyaKategoriyaNatijaMan.BET Hip Hop Awards2021HimselfBest New Hip Hop Artist

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak reperlar Turkum:Afroamerikalik erkak reperlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar