Suryoniy taqvimi (; shuhur suryoniya; ) — Gʻarbiy Osiyoning tarixiy astronomik quyoshli taqvimlaridan biri. Arab tiliga tarjima qilingan bu oylarning nomlari hali ham Suriya va Iroqda Grigoriy taqvimida Yevropa nomlari oʻrnida keng qoʻllanadi. Bu oylarning nomlari baʼzan fors adabiyotida ham uchraydi: masalan, Shayx Abbos Qumiyning „Mafotih ul-Jinon“ nomli ibodat kitobida; ammo Eronda bu oylardan foydalanish endi yoʻqoldi. Bu oylarning nomlari usmonli turk tilida ham qoʻllangan va ulardan beshtasi hozirgi turk tilida hozirgacha qoʻllanilmoqda (şubat, nisan, haziran, temmuz, eylül).

Taqvim oylari Tartib raqami Nomlanishi (suryoniycha) Nomlanishi (arabcha) Nomlanishi (oʻzbekcha) 1ܟܢܘܢ ܒ — konunussoniyanvar 2ܫܒܛ — shubotfevral 3ܐܕܪ — ozormart 4ܢܝܣܢ — naysonaprel 5ܐܝܪ — ayyormay 6ܚܙܝܪܢ — hazironiyun 7ܬܡܘܙ — tammuziyul 8ܐܒ — obavgust 9ܐܝܠܘܠ — aylulsentyabr 10ܬܫܪܝܢ ܐ — tishrinulavvaloktyabr 11ܬܫܪܝܢ ܒ — tishrinussoninoyabr 12ܟܢܘܢ ܐ — konunulavvaldekabr

Turkum:Taqvimlar Turkum:Osiyo