Shunqor Abdurasulov (1998-yil 25-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — Yengil vazn toifasida ishtirok etadigan oʻzbek bokschisi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo oʻyinlari kumush medali (2018-yil), Butunjahon harbiylar oʻyinlari kumush medali (2019-yil), harbiy xizmatchilar oʻrtasida jahon chempioni (2021-yil), xalqaro va milliy havaskorlar bokschilar oʻrtasidagi koʻplab turnirlar gʻolibi va sovrindori.

Biografiyasi Shunqor Abdurasulov 1998-yil 25-mayda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan.

Havaskor boksdagi faoliyati 2016-yilning noyabr oyida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 56 kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali sovrindori boʻl. Yarim finalda amerikalik Marc Castroga ochkolar hisobida yutqazgan.

2018-yilning sentyabr oyida Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining 60 kg vazn toifasida finalda tajribali moʻgʻulistonlik bokschi Erdenebatin Tsendbaatarga yutqazib, kumush medali sovrindori boʻlgan.

2019-yilning avgust oyida Grozniy shahrida oʻtkazilgan Checheniston Respublikasining birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Axmat-Xajji Qodirov xotirasiga bagʻishlangan XI xalqaro turnirning 60 kilogramm vazn toifasida finalda rossiyalik Magomed Shamsaevni ochkolar hisobida magʻlub etib, gʻolib boʻlgan.

2019-yilning oktyabr oyida Uxanda shahrida oʻtkazilgan Butunjahon harbiylar oʻyinlarida 60 kilogramgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, finalda fransuz bokschisi Enzo Grauga ochkolar hisobida yutqazib kumush medali sovrindori boʻlgan.

2021-yilning sentyabr oyi oxirida Xalqaro harbiy sport kengashi tashabbusi bilan Moskva shahrida boʻlib oʻtgan harbiy xizmatchilar oʻrtasida boks boʻyicha 58-jahon chempionatida 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, finalda rossiyalik Konstantin Opolskiyni magʻlub etgan va jahon chempioni boʻlgan.

Professional boksdagi faoliyati 2017-yilning 25-mart kuni Shunqor oʻzining professional faoliyatini boshladi. Unda Filippinlik Gilbert Quddusni magʻlubiyatga uchratib, professional boksdagi ilki gʻalabasini qoʻlga kiritgan.

Professional boksdagi statistikasi 1 jang, 1 gʻalaba (0 nokaut bilan). Jang Natijasi Jang sanasi Raqib Jang joyi 1 1-0 2017-yil 25-martGilbert Quddus

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar