Estelle Gettleman (; 1923-yil 25-iyul, New York – 2008-yil 22-iyul, California), professional sifatida Estelle Getty nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa va komik. The Golden Girls (1985—1992) sitkomidagi Sophia Petrillo obrazi bilan tanilgan. "Eng yaxshi ayol rol egasi" nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritgan. Televizion seriallar, musiqiy yoki komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Aktrisa Empty Nest (1993—1995), The Golden Palace (1992—1993), Blossom (1990—1995) hamda Nurses (1991—1994) kabi teleseriallarda ham bir qancha rollarni ijro etgan.
Faoliyati 1982-yilda 60 yoshga kirganda Broadwaydagi Torch Song Trilogy kinofilmida dramaturg Harvey Fierstein tasvirlagan rolga ega chiqishga muvaffaq boʻladi. Aktrisa spektakldagi roli uchun keng maqtovga sazovor boʻlgan. Jumladan, Drama Desk mukofotini ham qoʻlga kiritgan. 1985-yilda tarixdagi muvaffaqiyatli rollari aktrisaga NBCning yangi The Golden Girls sitkomida Sophia Petrillo roliga tayinlanishga katta taʼsir koʻrsatdi.
The Golden Girls sitkomidagi faoliyati davomida Getty oʻzining If I Knew Then, What I Know Now… So What? nomli avtobiografik asarini yozgan. Ushbu kitob 1988-yilda Steve Delsohn yordami bilan Contemporary Books tomonidan nashr etilgan. Shuningdek, u 1993-yilda keksa fuqarolar uchun bajariladigan mashqlar videotoʻplani ham chiqargan.
Shaxsiy hayoti Getty va Arthur Gettleman bir ziyofatda tanishib qolishadi. Toʻqqiz oy oʻtgach esa, 1947-yil 21-dekabr sanasida turmush qurishgan. Er-xotin Carl Gettleman va Barry Gettlemanlarning ona-otalari boʻlishgan. Aktrisa turmush oʻrtoʻgi bilan uning vafotiga – 2004-yil 24-sentabrda, 85 yoshida vafot etguniga qadar birga turmush qurib kelgan.
Oʻlimi Getty 2008-yilning 22-iyul sanasida erta tongda Los Angelesdagi uyida vafot etdi. Oilasi soʻzlariga koʻra, uning oʻlimi „Lewy dementia“ kasalligi natijasi natijasida sodir boʻlgan. Ushbu voqea uning 85 yoshga toʻlishiga uch kun qolganda sodir boʻlgan. Aktrisa Hollywood abadiy qabristoniga dafn qilingan hamda qabr toshiga „With Love and Laughter – Sevgi va kulgi bilan“ soʻzlari va yahudiy sifatida vafot egani uchun Dovud yulduzi aks ettirilgan.
Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar1978Team-MatesOʻqituvchi1982TootsieOʻrta yoshli ayol1983Deadly ForceGussie1984No Manʼs LandEurol Millertelevizion film1984Victims for Victims: The Theresa Saldana Storytelevizion film1985MaskEvelyn Steinberg1985CopacabanaBella Sterntelevizion film1987Mannequinxonim Claire Timkin1992Stop! Or My Mom Will Shootxonim Tutti Bomowski1997A Match Made in HeavenBetty Westontelevizion film1999The Sissy Ducklingxonim HennypeckerOvozli, televizion film1999Stuart LittleEstelle buvifilmdagi oxirgi rol
Televizion rollari YilSarlavhaRol1981NurseSadie Mandler1982Baker’s Dozenxonim Locasale1984Fantasy IslandMoney Lady (obraz)1984Cagney & Laceyxonim Rosenmeyer1984HotelRoberta Abrams1985NewhartMiriam the Librarian1985-1992The Golden GirlsSophia Petrillo1987RoomiesMama1990CityHelen Rutledge1990The Earth Day SpecialSophia Petrillo1991The Fanelli BoysDoktor Newman1991BlossomSophia Petrillo1992-1993The Golden PalaceSophia Petrillo1993NursesSophia Petrillo1993-1995Empty NestSophia Petrillo1996Touched by an AngelDottie1996Brotherly LoveMyrna Burwell1997Mad About YouPaulning Ida xolasi1997DuckmanJane xola1998The NannyOʻzi2000Ladies ManSophia Gates2001Intimate PortraitOʻzi2001Itʼs Like, You Know…Oʻzi Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar