Ben Kristal (1977-yilda tugʻilgan) - ingliz aktyori, muallifi va prodyuseri, Uilyam Shekspir rolini ijro etishi va uni targʻib qilishi va asl an'analarni moslashtirish boʻyicha qilgan ishlari bilan mashhur.
Hayoti va ijodi Kristal Berkshirning Ascot shahrida tugʻilgan, tilshunos Devid Kristalning oʻgʻli va u Shimoliy Uelsdagi Uokingem va Xolixed shaharlarida voyaga yetgan. U 1995-1998 yillarda aktyorlik malakasini oshirishidan oldin Lankaster universitetida ingliz tili va tilshunoslik fanini oʻrgangan.
Aktyorlik va kuratorlik Uning aktyorlik faoliyati 2006-yil yoz mavsumida 'Shakespeare's Globe' teatrida Titus Andronik rolini ijro etishi bilan boshlandi.
U 'Shakespeare's Globe' teatri, Savanna musiqa festivali va Shvetsiya radiosi simfonik orkestri uchun tashkil etilgan Shekspir tadqiqotlariga rahbarlik qilgan.
U 2010-yilda 'Passion in Practice' deb nomlangan Shekspir ansamblini yaratdi va 2016-yilgacha unga kuratorlik qildiBen Crystal takes Shakespeare forwards and backwards , Shakespeare Magazine
2013-yilda Britaniya kutubxonasi tomonidan ommaga taqdim etilgan kompakt disklarning kuratori, prodyuseri va kreativ direktori sifatida u Shekspir nutqlari va sonetlarini asl talaffuzda yozib olgan. bundan tashqari u 2016-yilda Britaniya kutubxonasida Shekspirning tugʻilgan kuni sharafiga oʻtkazilgan bayramni nishonlashda kuratorlik qilgan.
2014-yilda 'Passion in Practice' ilk marotaba Owle Schreame mukofotlaridan biriga innovatsiyasi sababli sazovor boʻldi chunki, ular tarixiy teatrdagi spektakllarda Shekspir talaffuzining asl nusxasidan foydalanishganLoxton, Howard The Owle Schreame Awards for Innovation in Classical Theatre: Passion in Practice, "British Theatre Guide", 19 September (2014).
Kristal 2018-yildan beri Shekspir ansamblining kuratori sifatida ishlab keladi. 2018-yilning yozida u besh kun ichida "A Midsummer Night's Dream"f kitobini ekranlashtirilgan filmini yaratish uchun Shimoliy Uelsga rassomlarni taklif qildi. 'Dreame' loyihasi hamma uchun bepul boʻlib, XVI asr lyut musiqasidan foydalanilgan, 5 metr balandlikdagi Bunraku qoʻgʻirchoqlari, masxarabozlar palubasi yordamida tomoshalar qoʻyishgan. Tomosha oxirida esa tomoshabinlar va ansambl mahalliy oziq-ovqat bilan ta'minlangan.
2019 yilgi Yaponiya gastrollarida ular 7 kun ichida 3 ta spektakl qoʻyishdi. Elizabet davrida qoʻllanilgan mashq amaliyotlarini zamonaviy tarzda qayta ishlashdan foydalangan holda, ular har bir pardada rollari orqali oʻsha davrni qayta tasavvur qilishdi va zamonaviy Kabuki amaliyotlaridagi rezonanslarni mamnuniyat bilan qabul qilishdi.
2020-yilda Shekspir ansambli masofadan turib hamkorlik qilishni yoʻlga qoʻydi va raqamli sanʼatni tajriba qilib koʻrish uchun 2020-yilda “What You Will” deb nomlangan eksperimental virtual teatr tomoshasini ommaga namoyish qildi. Bu "raqamli teatrning navbatdagi qaytishi" sifatida maqtovga sazovor boʻldi, chunki sayr qilish teatri uslubi tomoshabinga hikoya qilish yoʻnalishini tanlashga imkon berardi. 2020-yilda Ben Kristal The Two Gentlemen of Verona ga kirish sifatida The Show Must Go Onlinenomli onlayn serialida koʻrinish bergan va Timon of Athensda bosh rolni oʻynagan"ʻA roaring success’: The Show Must Go Online’s Shakespeare series makes an impressive start" My Theatre Mates Retrieved 02 October 2020"The Show Must Go Online’s Timon of Athens Cast Announced" Theatre Weekly Retrieved 02 October 2020.
Asl talaffuz U otasi Devid Kristal bilan Globe teatrida asl talaffuzda pyesalar namoyish qilish boʻyicha maslahatchi sifatida ishlagan va ular 2014–2016 yillarda yangi yozib tugallangan Sam Wanamaker Playhouse nomli pyesani asl talaffuzda 'Shakespeare's Globe'da sahnalshtirishgan.
Otasining ishlaridan soʻng, u tez-tez asl talaffuzning tabiatini oʻrganib chiqdi.
Kristal Richard III ning tadbir ochilish nutqini 2010-11 yillarda Britaniya kutubxonasining Rivojlanayotgan ingliz koʻrgazmasi uchun yozib oldi.
Shuningdek, u boshqa kompaniyalar bilan ham hamkorlikda asl talaffuzda spektakllarida rol ijro etgan, masalan, Gamlet va Richard II, filmlarida bosh rollarni oʻynagan va oʻzi boshlagan yoki ishtirok etgan ansambllar orqali asarlar yaratgan.
2014-yilda u 'Sam Wanamaker Playhouse'da Makbet spektaklini asl talaffuzda namoyish qildilar. U ushbu loyihani Wanamakerda 2015-yilda Genri V va 2016-yilda doktor Faustus spektakllari bilan davom ettirdi. 2015-yilda uning kompaniyasi boʻlgan 'Crystal' ansambli Stokgolmdagi Shvetsiya radio simfonik 'Bervaldhallen orkestrida Daniel Hardingning 'Interplay' festivalida Periklni namoyish etishdi va bosh rolni Kristal gavdalantirdi. Ular Savanna musiqa festivalida ham yana chiqish qilishdi.
Asarlari va suhbatlari Kristalning 'Shakespeare on Toast: Getting a Taste for the Bard''' nomli kitobi 2010 yilgi Ta'lim beruvchi Yozuvchilar mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan. Bu kitob nashr etilganidan beri u Shekspir ijodi boʻyicha seminarlar va suhbatlar oʻtkazdi.
Kristal, shuningdek, otasi bilan birgalikda bir nechta kitoblar yozgan. Ular Charlz Talbut Onion tomonidan yozilgan 'A Shakespeare glossary' kitobida bir qator kamchiliklar borligini aniqlagandan soʻng "Shakespeare's Words: A Glossary and Language Companion" kitobini yozishni boshladilar. Uning boshqa asarlar orasida'The Oxford Illustrated Dictionary of Shakespeare ham bor, ikkinchisi 2016 -yilda “Yilning eng yaxshi taʼlim beruvchi yozuvchisi” mukofotiga nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan
2014-yilda Shekspir tavalludining 450 yilligini nishonlash uchun Britaniya Kengashi va Ingliz tilida soʻzlashuvchilar ittifoqi Kristalni "Shekspirning yorqin va chiroyli ingliz tilisida gapirish" nomli nutq soʻzlashga undashdi u ushbu ma'ruzasini 2019-yilda Yorkda yana qayta soʻzladi.
2017-yilda esa Kristal "Asl amaliyot - Shekspirning mahorati" deb nomlangan TED ma'ruzasida ham nutq soʻzladi.
Nashrlar Ben Kristal mualliflik qilgan asarlari:
Shakespeare's Words: A Glossary and Language Companion (2002) with David CrystalByatt, AS (22 June 2002). "Reading while you're wonder-wounded". The Guardian. The Shakespeare Miscellany (2005) with David Crystal Shakespeare on Toast (2008) -shortlisted for the 2010 Educational Writer of the Year Award Sorry, I'm British! (2010) with Adam Russ and Ed McLachlan Springboard Shakespeare: King Lear (2013) Springboard Shakespeare: Macbeth (2013) Springboard Shakespeare: Hamlet (2013) Springboard Shakespeare: A Midsummer Night's Dream (2013) You Said Potato (2014) with David Crystal The Oxford Illustrated Dictionary of Shakespeare'' (2016) with David Crystal - Shortlisted for the Educational Writer of the Year Award, 2016
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar